Toshshaharnur DUK

Toshshaharnur DUK Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Toshshaharnur DUK, Lighthouse, 7774+3MP, Улица Хайдара, Tashkent, Toshkent Shahri, Tashkent.

Обеспечение уличным освещением автомобильных дорог и улиц центрального, магистрального и районного значения, внутри жилых кварталов и в частном жилом секторе города Ташкента, оформлении иллюминационным освещением улиц, различных объектов, исторических па

🏞 “Toshshaharnur” jamoasi — mehnat va madaniyat uyg‘unligida: Samarqand safari📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ...
30/07/2025

🏞 “Toshshaharnur” jamoasi — mehnat va madaniyat uyg‘unligida: Samarqand safari
📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, davlat tashkilotlari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatini yaratishi belgilangan.

🔹 Shu asosda “Toshshaharnur” DUK tomonidan tashkil etilgan navbatdagi madaniy-ma’rifiy xizmat safari Samarqand shahriga yo‘l oldi. Safar davomida xodimlar yurtimizning boy tarixiga guvoh bo‘lib, madaniy obidalar, qadimiy me’moriy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar.

👥 Bunday tashabbuslar xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

🧭 “Toshshaharnur" bunday safarlarni tizimli asosda davom ettirishni rejalashtirgan bo‘lib, kelgusida boshqa viloyatlarga ham xizmat safarlari tashkil etiladi.

 ❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchayt...
29/07/2025



❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchaytiriladi
“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–117-son, 25.07.2025-y.) qabul qilindi (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9708).

🔰 Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

🔹 hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;

🔹 davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas'uliyatini oshirish;

🔹ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

🏛 Farmon bilan, Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

🔸Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;

🔸 ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini oshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

🔸 qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

📅 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi.

—————



❗️ Будет усилен контроль за исполнением указов, постановлений, распоряжений и поручений Президента Республики Узбекистан
Принят (https://t.me/pravoinf/9047) Указ Президента «О дополнительных мерах по дальнейшему укреплению исполнительской дисциплины в государственных органах и организациях» (УП–117 от 25.07.2025 года).

🔰 Согласно Указу, основными направлениями организации исполнительской дисциплины в государственных органах и организациях, органах исполнительной власти на местах, хозяйственных объединениях и других организациях определены:

🔹 внедрение эффективных механизмов контроля за исполнением законов, указов, постановлений, распоряжений и поручений Президента Республики Узбекистан;

🔹 качественная организация работ по изучению результативности реформ и укреплению исполнительской дисциплины в регионах;

🔹 повышение ответственности первых руководителей государственных органов и организаций за обеспечение исполнения;

🔹 внедрение технологий искусственного интеллекта в процессы контроля за исполнительской дисциплиной.

🏛 Указом на Счетную палату возложены следующие дополнительные задачи:

🔸 проведение наряду с изучением целевого расходования средств, выделенных в рамках законов, указов, постановлений, распоряжений и поручений Президента Республики Узбекистан, анализа их эффективности для населения и предпринимателей;

🔸 разработка и реализация комплексных мер, направленных на укрепление исполнительской дисциплины, повышение персональной ответственности должностных лиц, достижение результативности реформ, осуществляемых Президентом Республики Узбекистан;

🔸 осуществление координации деятельности государственных органов и организаций по исполнению актов законодательства и поручений.

📅 Счетной палате с 1 сентября 2025 года выделяются дополнительно 10 штатных единиц управленческого персонала за счет сокращаемых штатных единиц внебюджетного Пенсионного фонда при Министерстве экономики и финансов.

📞 “Toshshaharnur” DUK Markaziy dispetcherlik xizmati — 24/7 sizning xizmatda!🔹 Korxonamizda Markaziy dispetcherlik xizma...
29/07/2025

📞 “Toshshaharnur” DUK Markaziy dispetcherlik xizmati — 24/7 sizning xizmatda!

🔹 Korxonamizda Markaziy dispetcherlik xizmati tashkil etilgan bo‘lib, u kecha-yu kunduz, uzluksiz 24 soat faoliyat yuritadi.

🔹 Hurmatli fuqarolar! Sizning murojaatlaringiz biz uchun muhim va har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashamiz. Ko‘cha yoritgichlari bilan bog‘liq muammolar, nosozliklar va takliflar bo‘yicha istalgan vaqtda bizga murojaat qilishingiz mumkin.

📍Murojaatlarni endilikda yuborishingiz mumkin:
• 📞 Telefon: (71) 232-20-20, (71) 230-20-20
• 💬 Telegram chat: (95) 95 196 20 20

🔸 Murojaatlaringiz Markaziy dispetcherlik xizmatimiz tomonidan tezkor ko‘rib chiqiladi va muammo imkon qadar qisqa fursatda bartaraf etiladi.
🔸 Ko‘cha yoritgichlarining to‘g‘ri ishlashi — fuqarolar xavfsizligi va qulay yashash muhitining ajralmas qismidir. Bu yo‘nalishda muammolarni o‘z vaqtida aniqlashda fuqarolarning e’tiborli va faol bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

📢

🏅 2025 yil Mehnat ilg‘orlari — Fidokorona xizmat egalariga chuqur ehtiromKorxonamizning barqaror faoliyati va rivojlanib...
22/07/2025

🏅 2025 yil Mehnat ilg‘orlari — Fidokorona xizmat egalariga chuqur ehtirom

Korxonamizning barqaror faoliyati va rivojlanib borayotgan infratuzilmasi — bu, avvalo, o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajarayotgan, ishlab chiqarish jarayonida qat’iyat, bilim va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarimiz mehnati mahsulidir.

👷‍♂️ 2025 yil “Mehnat ilg‘orlari” sifatida e’tirof etilgan xodimlarimiz — bu doimiy intiluvchanlik, yuksak kasbiy mahorat, sadoqat va jamoaviy mas’uliyat bilan ajralib turadigan, korxona manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘ygan fidoyi insonlardir.

🛠 Ularning har bir ish kuni, har bir harakati – bu tinimsiz sa’y-harakat, natijaga intilish va xalq xizmatiga qaratilgan halol mehnat namunasidir.

🙏 Korxona rahbariyati ushbu fidoyilikni chuqur qadrlaydi hamda bu yuksak e’tirof barcha xodimlar uchun namuna va rag‘bat bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildiradi.

📸

📍Yakkasaroy tumanidagi muammo bartaraf etildiXalqnazorati.uz (https://xalqnazorati.uz/oz) platformasi orqali Yakkasaroy ...
21/07/2025

📍Yakkasaroy tumanidagi muammo bartaraf etildi
Xalqnazorati.uz (https://xalqnazorati.uz/oz) platformasi orqali Yakkasaroy tumani, Rakat ko‘chasida joylashgan hududning yoritilmaganligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi. Fuqarolar ushbu ko‘chaning qorong‘iligi sababli xavfsizlik va qulay harakatlanish masalasida muammo yuzaga kelayotganini bildirgan.

🛠 Murojaat “TOSHSHAHARNUR” DUK tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqildi. Yakkasaroy tumani bo‘limi mutaxassislari jazirama issiq ob-havo sharoitida ham fidokorona mehnat qilib, zarur texnik ishlarni amalga oshirdi. Hududga yangi yoritish ustunlari o‘rnatilib, atrof to‘liq yoritildi.

🔆 Natijada, mazkur hududda xavfsiz va qulay muhit yaratildi. Fuqarolarimizning bunday murojaatlari biz uchun shahar infratuzilmasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, “TOSHSHAHARNUR” bundan buyon ham ushbu yo‘nalishda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

📷

Korxona veb-saytini rivojlantirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildiBugun, 4 kishilik tarkibda bizning korxona ja...
09/07/2025

Korxona veb-saytini rivojlantirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 4 kishilik tarkibda bizning korxona jamoasi ishtirokida rasmiy veb‑saytimizni yangilash masalasiga bag‘ishlangan qisqa yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb‑saytlarini Yagona platformada yuritish tartibi (https://lex.uz/docs/7354510) muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida quyidagilar belgilandi:

Sayt kontentini yangilash va monitoring qilish uchun mas’ul guruh tayinlash

Texnik yangilanishlar va qo‘llab‑quvvatlash uchun yillarlik reja ishlab chiqish

Loyihaning keyingi bosqichlari sifatida dizayn, kontent tuzilmasi, xavfsizlik va foydalanuvchi funksionalligi ingichka tahlil qilinadi.
Mazkur tashabbus korxonaning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sayt yakuniy ko‘rinishda tayyor bo‘lgach, jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi.

📍 Yakkasaroy tumanidagi murojaat asosida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.🗓Xalqnazorati.uz platformasi orqali fuqaromizdan...
09/07/2025

📍 Yakkasaroy tumanidagi murojaat asosida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.

🗓Xalqnazorati.uz platformasi orqali fuqaromizdan Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 70 va 64B-uylar oralig‘ida ko‘cha yoritgichlarining yo‘qligi, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar yuzasidan rasmiy murojaat kelib tushdi.

📩 Murojaat TOSHSHAHARNUR DUK tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqildi va masala nazoratga olindi. Yakkasaroy tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan mazkur hududda zarur texnik chora-tadbirlar ko‘rilib, yoritish moslamalari o‘rnatish ishlari yakunlandi.

🔦 Natijada, hudud aholisi uchun xavfsiz va yorug‘ muhit yaratildi.

🙏 Fuqarolik faolligi va ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
TOSHSHAHARNUR DUK bundan buyon ham Toshkent shahrining barcha hududlarida jamoat xavfsizligi va qulayligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini davom ettiradi.

📷

🔷Сергели тумани Феруза кўчасида ахолидан тушган мурожаат ўрганилиб тунги ёритгич ўрнатилди.
04/07/2025

🔷Сергели тумани Феруза кўчасида ахолидан тушган мурожаат ўрганилиб тунги ёритгич ўрнатилди.

🔹 Rasmiy minnatdorchilik📍 Chilonzor tumani, 17-kvartal hududida joylashgan 35, 36, 51 va 52-uylar atrofida ko‘cha yoritg...
03/07/2025

🔹 Rasmiy minnatdorchilik

📍 Chilonzor tumani, 17-kvartal hududida joylashgan 35, 36, 51 va 52-uylar atrofida ko‘cha yoritgichlarini o‘rnatish ishlari "Toshshaharnur" davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan faol olib borilmoqda.

🌡️ Ob-havoning keskin issiq — 40°C darajali haroratiga qaramasdan, xodimlarimiz poytaxtimiz aholisining xavfsizligi va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida tinimsiz va fidokorona mehnat qilmoqda.

📢 Mazkur ishlar doirasida kanali tomonidan bildirilgan e’tibor va alohida minnatdorchilik biz uchun katta ruhiy dalda bo‘lib xizmat qildi. Ushbu yuksak bahoni qadrlagan holda, biz o‘z navbatida Toshkent shahrining infratuzilmasini yaxshilashda bevosita yoki bilvosita ishtirok etayotgan barcha fuqarolar va hamkor tashkilotlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

📌 "Toshshaharnur" DUK bundan keyin ham yurtimiz aholisi uchun qulay, yorug‘ va xavfsiz muhit yaratish yo‘lida o‘z faoliyatini yuqori mas’uliyat bilan davom ettiradi.

📷

🔷Яшнобод тумани, Охангарон шоссесида металл устунлар ва ёритгичларни ўрнатиш жараёни.
24/06/2025

🔷Яшнобод тумани, Охангарон шоссесида металл устунлар ва ёритгичларни ўрнатиш жараёни.

🔷Марказий ҳудуд ТЁТ, ТП-3414, Мустақиллик кўчаси ташқи ёритиш тармоқлари ер ости кабелида узилишни тиклаш ишлари амалга ...
24/06/2025

🔷Марказий ҳудуд ТЁТ, ТП-3414, Мустақиллик кўчаси ташқи ёритиш тармоқлари ер ости кабелида узилишни тиклаш ишлари амалга оширилмоқда.

🔷Олмазор тумани Генерал Ғофуров махалласида ахолидан тушган мурожаат ўрганилиб тунги ёритгич ўрнатилди.
24/06/2025

🔷Олмазор тумани Генерал Ғофуров махалласида ахолидан тушган мурожаат ўрганилиб тунги ёритгич ўрнатилди.

Address

7774+3MP, Улица Хайдара, Tashkent, Toshkent Shahri
Tashkent
100012

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshshaharnur DUK posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category