Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish agentligi Innovation,

Patent olishda imtiyoz borligini bilasizmi?“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, ixtiro va foydali m...
25/05/2026

Patent olishda imtiyoz borligini bilasizmi?

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, ixtiro va foydali modelni muhofaza qilishda ayrim toifalarga chegirmalar beriladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida EdTech yo‘nalishidagi xakaton muvaffaqiyatli yakunlandiMazkur tadbir ta’lim sohasidag...
25/05/2026

“Yangi O‘zbekiston” universitetida EdTech yo‘nalishidagi xakaton muvaffaqiyatli yakunlandi

Mazkur tadbir ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar uchun sun’iy intellekt asosidagi amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratildi.

Dastur davomida ishtirokchi jamoalar mentorlar ko‘magida o‘z loyihalarini takomillashtirib, ularni taqdim etdi hamda keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur tajriba va tavsiyalar oldi. EdTech trek doirasida 1 300 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 600 nafari tadbirlarda bevosita qatnashgan.

Umuman olganda, FinTech va EdTech yo‘nalishlari bo‘yicha ideaton va xakatonlar natijasida 227 ta jamoa akseleratsiya bosqichiga saralandi. Dastur doirasida 1 000 nafardan ortiq ishtirokchi, 20 dan ortiq real sanoat muammosi, 25 nafar SQB biznes mentori va 500 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi jalb etildi.

Shuningdek, ideaton va xakatondan saralangan FinTech hamda EdTech startaplari endilikda 12 haftalik intensiv akseleratsiya dasturida rivojlantiriladi. Ushbu bosqich g‘oyalarni yanada kuchaytirish, startap g'oyalarini amaliy mahsulotga aylantirish va bozorga tayyorlashga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar innovatsiyasi, startap ekotizimi va amaliy texnologik yechimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil yondashuvining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yashil innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha yirik xalqaro hamk...
25/05/2026

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yashil innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha yirik xalqaro hamkorlikka rasmiy start berildi

https://t.me/innovatsion_rivojlanish/10358

Ilmiy ishlanmalar qanday daromad keltiryapti?“Huquqiy nigoh”ning  navbatdagi sonida olimlar, tadqiqotchilar va tadbirkor...
25/05/2026

Ilmiy ishlanmalar qanday daromad keltiryapti?

“Huquqiy nigoh”ning navbatdagi sonida olimlar, tadqiqotchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik, yangi ixtirolarni bozorga olib chiqish jarayonlari hamda sohadagi mavjud muammo va imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Ilm-fan natijalari qanday qilib real biznesga aylanmoqda? Texnologiyalar iqtisodiyotga qanday taʼsir ko‘rsatyapti? Shu va boshqa savollarga javob olasiz.

📹Тўлиқ видео 👉 https://youtu.be/mm-WAnG0yC4
https://www.facebook.com/share/v/1952esE8Cy/

21/05/2026

Namanganda “spin-off” korxonalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun, 21-may kuni Turan International University oliygohida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF–54-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion ekotizimni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari prorektorlari, direktor o‘rinbosarlari, yuridik va moliya xizmatlari rahbarlari, shuningdek, yetakchi olim va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Kamalov hamda bosh mutaxassis J.Xoliqulovlar ishtirokida o‘tgan seminarda ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan yangi ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari bilan integratsiya qilishning dolzarb ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

🌐 Batafsil https://gov.uz/oz/innovation/news/view/168254

“Zamonaviy dastur vaqtni tejab, aniqlikni oshiryapti. U orqali endilikda oshqozon saratonining ertaroq oldini olish mumk...
21/05/2026

“Zamonaviy dastur vaqtni tejab, aniqlikni oshiryapti. U orqali endilikda oshqozon saratonining ertaroq oldini olish mumkin”

Olima Kamola Abdurashidova rahbarligidagi loyiha orqali oshqozonning endoskopik tasvirlari chuqur tahlil qilinib, nafaqat saratonga xos o‘zgarishlar, balki boshqa patologik holatlar ham aniqlanmoqda. Tizim inson ko‘zi ilg‘amaydigan mayda detallarni ajratib ko‘rsata olishi bilan ahamiyatli.

Respublikamiz miqyosida o‘tkazib kelinayotgan “Olima ayollar” tanlovi doirasida o‘tgan yili 710 million so‘mlik grantga loyiq ko‘rilgan loyiha bugun innovatsion yechimga aylandi. Zero, yo‘naltirilgan mablag‘ tibbiy tahlil jarayonini yangi bosqichga olib chiqishga, erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini qariyb 20 foiz oshirishga xizmat qila boshladi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida loyiha haqida batafsil o‘qishingiz mumkin.

🌐 Batafsil https://gov.uz/oz/innovation/news/view/168097

Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting! Tanlovga fund...
21/05/2026

Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting!

Tanlovga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalariga asoslangan loyiha talabnomalari qabul qilinadi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-54-son Farmoniga asosan eʼlon qilinmoqda.

✅ Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi (tijorat.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 21-iyul kuni soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/168111

20-may kuni Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global tadqiqot kengashining 14-yillik yig‘ilishi rasmiy ochilish marosim...
21/05/2026

20-may kuni Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global tadqiqot kengashining 14-yillik yig‘ilishi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni Tailand Qirolligi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oliy ta’lim, fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar vaziri Yodchanan Wongsawat rasman ochib berdi. Shuningdek, ochilish marosimida xalqaro ilmiy tashkilotlar, tadqiqot fondlari hamda qator davlatlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasi rahbarlari nutq so‘zladilar.

Tadbir davomida Innovatsion rivojlanish agentligi delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Tadqiqotlar, rivojlantirish va innovatsiyalar agentligi prezidenti o‘rinbosari, tadqiqot grantlari va milliy dasturlar bo‘yicha rahbari doktor Rami K. Nizar hamda Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha milliy tadqiqot markazi (KACST) prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Hasan Al-Ayid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, grant dasturlari, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki tomonlama ilmiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, istiqbolda qo‘shma ilmiy dasturlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

18/05/2026

Jamoalar poytaxtga yetib kelishdi!

Avval xabar berganimizdek, ertaga 19-may kuni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final bosqichi boshlanadi.

Respublika boʻylab kechgan shiddatli saralashlardan so‘ng, hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan, jami 280 nafar iqtidorli yoshlardan iborat jamoalar yakuniy bosqichda qatnashish uchun poytaxtimizga yetib kelishdi.

Toshkentda o‘tadigan mazkur finalda ishtirokchilar orasidan yoshi va yoʻnalishlari ulushidan kelib chiqqan holda jami 100 nafar g‘olib saralab olinadi.

Respublika bosqichida eng kuchli deb topilgan g‘olib yoshlarning har biri bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Yurtimiz innovatsion taraqqiyotini belgilab beruvchi barcha yosh vorislarga finalda omad tilaymiz!

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final — Respublika bosqichi boshlanadiJoriy yilning 19-22-may kunlari ...
18/05/2026

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final — Respublika bosqichi boshlanadi

Joriy yilning 19-22-may kunlari Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning ochilish marosimi 19-may soat 10.00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralab olingan 280 nafar iqtidorli yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda ixtirochilik ishlanmalari bilan ishtirok etadi.

Address

Toshkent Sh. , Olmazor T. , Universitet Ko'ch. , 7-uy
Tashkent
100174

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712033231

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Innovatsion rivojlanish agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Innovatsion rivojlanish agentligi:

Share