Kiberxavfsizlik markazi

Kiberxavfsizlik markazi Kiberxavfsizlik markazi | Центр кибербезопасности | Cybersecurity center

Kiberxavfsizlik markazi jamoasi  7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlar...
07/05/2026

Kiberxavfsizlik markazi jamoasi 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan sohada faoliyat yuritayotgan fidoyi va jonkuyar xodimlarni samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Rasmiy munosabatIjtimoiy tarmoqlarda Kiberxavfsizlik markazining ichki axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish amalga oshir...
29/04/2026

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kiberxavfsizlik markazining ichki axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish amalga oshirilgani hamda xodimlarga oid shaxsiy ma’lumotlar sizdirilgani yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.

O‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mazkur tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qilamiz.

Ta’kidlash lozimki, Kiberxavfsizlik markazi ichki axborot tizimlari buzilmagan va bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmaydi.

Eslatib o’tamiz, “Axborotlashtirish to'g'risida”gi qonunning 12-1 moddasi 2-qismiga muvofiq veb-saytning yoki internet sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb-saytiga yoki internet sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to'g'riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o'chirib tashlashi shart.

Kiberxavfsizlik markazi
Axborot xizmati

Ayni damda “Cyber Security Spring Challenge” o‘quv-amaliy tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.Seminar-trening Toshkent viloyatida ta...
22/04/2026

Ayni damda “Cyber Security Spring Challenge” o‘quv-amaliy tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Seminar-trening Toshkent viloyatida tashkil etilgan bo‘lib, tadbir davomida Markaz mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzularda taqdimotlar o‘tkazilishi, ishtirokchilar uchun ochiq savol-javoblar, muhokamalar va “camp” formatidagi interaktiv sessiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hozirda (tadbirning birinchi kuni) axborotlarni himoya qilish vositalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha taqdimotlar tinglanmoqda hamda kechki “Networking night” doirasida soha vakillari o‘rtasida samimiy suhbat tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, tadbir joriy yilning 22–24 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

15/04/2026

Kiberxavfsizlik dayjesti | Telegram akkautingiz buzib kirilsa, nima qilish kerak?

✅Akkauntni qayta tiklash tartibi bo'yicha videoqo'llanma.
✅Boshqa qurilmalardan chiqib ketish (sessiyalarni yopish)
✅Ikki bosqichli himoyani (2FA) yoqish

09/04/2026

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

📝 1336-yil 9-aprel kuni Kesh (bugungi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topgan Amir Temur o‘zining o‘tkir aql-zakovati, yetakchilik salohiyati va yuksak harbiy mahorati bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

✔️ Amir Temur bayrog‘i ostida bellashish – yoshlarimizga nafaqat faxr, balki mas’uliyat ham yuklaydi. Bu bayroq yoshlar qalbida buyuk o‘tmishdan kuch olishiga hamda kelajak sari intilishga undaydi.

🦁 "Cyberkent" musobaqasi – o‘z ustida ishlash, doimiy o‘sish, jamoa bilan hamkorlik demakdir. Har bir ishtirokchi ushbu bayroq ostida raqobatlashar ekan, bilsinki – u tarix davomchisi, kelajak bunyodkori va zamonaviy kiberhimoyachi!

09/04/2026

⚡️Siz yo‘qligingizda kompyuteringizdan kim foydalanganini bilish mumkinmi?

Ko‘pchilik bunday vaziyatda turli dasturlar, keyloggerlar yoki “kuzatuvchi” ilovalarni o‘rnatishni o‘ylaydi, lekin bu har doim ham to‘g‘ri yechim emas. Chunki, “Windows” operatsion tizimining o‘zida ham foydalanuvchilar faoliyatini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatlari mavjud.

“Windows” tizimida buni aniqlashning asosan ikki samarali usuli mavjud:
✔️Tizimga kirish urinishlarini yozib borish (Audit)
✔️Oxirgi kirish haqida avtomatik ma’lumot chiqarish
Har ikkala usul ham qo‘shimcha dasturlarsiz amalga oshiriladi.

Kirishlar tarixini ko‘rish (Event Viewer)
Audit yoqilgach, to‘plangan ma’lumotlarni maxsus jurnal orqali ko‘rish mumkin.
Jurnal juda katta bo‘lishi mumkin. Shuning uchun filtrdan foydalanish tavsiya etiladi:
➡️4624 — muvaffaqiyatli kirish
➡️4625 — muvaffaqiyatsiz urinish
Bu kodlar orqali kerakli ma’lumotni tez topasiz.

✔️Batafsil https://uzcert.uz/siz-yoqligingizda-kompyuteringizdan-kim-foydalandi/

Oxirgi kirish haqida avtomatik xabar
Faqat tekshirish emas, balki himoya qilish ham muhim. Quyidagi tavsiyalar xavfsizlikni yanada oshiradi:
🔐Kuchli parol qo‘ying
🔒Kompyuterni bloklashni odat qiling
👤Alohida foydalanuvchi profillarini yarating
✔️Antivirus va yangilanishlarni doimiy nazorat qiling
✔️Avtomatik bloklashni yoqing

09/04/2026

Klub a’zolariga pullik o’quv platformalariga obuna sovg’a qilindi

Kiberxavfsizlik klubi faoliyatini yanada samarali qilish, soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Endilikda klub a’zolariga pullik o‘quv platformalariga kirish imkoniyati taqdim etildi. Ular quyidagicha:

➡️TryHackMe – interaktiv lablar va realistik vazifalar orqali amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun
➡️Hack The Box – professional darajadagi vazifalar va CTF (Capture The Flag) mashqlarini bajarish imkoniyati
➡️Shuningdek, boshqa yetakchi resurslar orqali malakani yanada oshirishingiz mumkin

Bundan tashqari:

🔴Real dunyo kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
🔴Yangi CTF va lab mashqlarini sinab ko‘rish imkoniyati
🔴Professional darajadagi trening va sertifikatlarni olish yo‘llarini o‘rganish

Maqsad – sizni soha mutaxassisi darajasiga olib chiqish, bilimlaringizni amaliyot bilan mustahkamlash va kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro tajribaga ega bo‘lishingizni ta’minlashdan iborat.

Markaz mutaxassislari ishtirokida  “Sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdiJori...
27/03/2026

Markaz mutaxassislari ishtirokida “Sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida sinovdan o‘tkazishning asosiy tamoyillari va bosqichlari, texnik baholash metodlari hamda ularning amaliy qo‘llanilishi, axborot tizimlarining ishonchliligi, real loyihalarda sinov va baholash jarayonlarini tashkil etish kabi mavzularga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

27/03/2026

⚡️Firibgarlar ko‘pincha sizni shoshirib, hissiyotlaringizga ta’sir qiladi. Qanday taklif bo'lmasin, tekshirmasdan begona shaxsga ma'lumotlaringizni taqdim etmang!

💻Xavfsiz raqamli kelajakni birga quramiz!

Address

Тараса Шевченко, 20
Tashkent
100115

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kiberxavfsizlik markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Kiberxavfsizlik markazi:

Share