O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi Soliq qo'mitasining rasmiy sahifasi
Call-center: 1198
Ishonch telefoni: +998712449898 Telegram: t.me/soliqnews

📸 KUN FOTOSI1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!Bolalar kulgisi yangragan maskanda mehr va quvonch yanada ko‘p...
01/06/2026

📸 KUN FOTOSI

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Bolalar kulgisi yangragan maskanda mehr va quvonch yanada ko‘payadi. Bolajonlarning beg‘ubor quvonchi, samimiy kulgusi va baxtiyor onlari eng go‘zal manzara.

Farzandlar baxtli bo‘lgan yurtning ertasi ham albatta yorug‘ bo‘ladi.

01/06/2026



Kichik biznes uchun yanada qulay va adolatli sharoit yaratilmoqda

Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

✔️ QQS 12 foiz emas, 6 foiz stavkada to‘lanadi.

✔️ Soddalashtirilgan tartibga o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilandi.

👉PF–100-son, 26.05.2026-y.

 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildiTadbirkorlik — iqtisodiyot taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari va aholi farovon...
01/06/2026



Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Tadbirkorlik — iqtisodiyot taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligining muhim omilidir.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa va Asaka tumanlarida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida Prezidentimizning PF-95-sonli hamda PF-100-sonli farmonlari mazmun-mohiyati, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

31/05/2026



Bilarmidingiz, endi mahallangiz "Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla" nominatsiyasida gʻolib boʻlib 2 mlrd. soʻmga ega boʻlishi mumkin.

Qanday qilib deysizmi?

Batafsil ushbu videoda 👆

31/05/2026



1-iyun – jismoniy shaxslar tomonidan 2025-yil uchun taqdim etgan jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-moddasi

✅ Soliq mobil ilovasi orqali;
👀 Payme, Click, Upay to‘lov tizimlari orqali;
👀 Tijorat banklari mobil ilovalari va kassalari orqali to‘lash mumkin:

To'lov tizimlari va boshqa mobil ilovalarda:
➡️ Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
➡️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

Eslatma: har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning toʻlanmagan summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi
________
#декларация

1 июня - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2025 год.
👉ст.398 НК

Уплатить налоги можно:
✅ через мобильное приложение Soliq:
👀через платежные системы Payme, Click, Upay;
👀 через мобильные приложения и кассы коммерческих банков.

В платежных системах и других мобильных приложениях для уплаты:
➡️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
➡️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

Напоминаем: за каждый день просрочки начисляется пеня, исходя из суммы неуплаченного налога.
👉 ст. 110 НК

31/05/2026



Yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali mexanizm

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, noqonuniy faoliyatlarning oldini olish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar mutasaddilariga “Buxoro tajribasi” mexanizmlari tushuntirildi.

Xususan, unda xarid chekini talab qilish va savdo amaliyotlarini qonuniy asosda yuritish yashirin iqtisodiyotning qisqarishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

 EHFlar xavf darajasi asosida avtomatik tahlil qilish tizimi yuzasidan eslatmalar👀 EHFlar xavf darajasi past yoki yuqori...
31/05/2026



EHFlar xavf darajasi asosida avtomatik tahlil qilish tizimi yuzasidan eslatmalar

👀 EHFlar xavf darajasi past yoki yuqori toifasiga ajratiladi

👀 Xavf darajasi yuqori toifasidagi EHFlaring ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10%idan oshirilmaydi

👀 QQSni qachon hisobga olish mumkin?

👀 Oldindan to‘langan QQS summalari EHF rasmiylashtirilganda...

https://t.me/soliqnews/19384

31/05/2026



Новые послабления для малого и среднего бизнеса

Указом Президента № УП–100 внедряются новые меры, направленные на поддержку малого и среднего бизнеса.

С 1 июня 2026 года гостиницы, кафе и рестораны смогут принимать наличные платежи при продаже алкогольной и табачной продукции.

Также для предприятий общественного питания создается еще одна важная возможность — им будет возвращаться 40% от суммы уплаченного налога на добавленную стоимость.

Упрощается и порядок оформления работников. Например, если кафе или ресторану на несколько дней нужен дополнительный официант или повар, его можно будет быстро и удобно оформить через мобильное приложение органов труда — в тот же день и на определенный срок.

Кроме того, для субъектов предпринимательства в сфере торговли, общественного питания и услуг размер арендной платы за использование прилегающих территорий устанавливается в размере однократной суммы земельного налога, определяемой в порядке, установленном Налоговым кодексом.

Это позволит предпринимателям более точно планировать свои расходы.

Также с 2027 года субъекты малого бизнеса смогут учитывать расходы на привлечение организаций, ведущих бухгалтерский учет, и налоговых консультантов в двойном размере при вычете.

Проще говоря, эти изменения направлены на то, чтобы упростить ведение бизнеса, снизить лишние расходы и создать для предпринимателей новые возможности.

👉 Указ Президента № УП–100 от 26.05.2026 г.

31/05/2026



Kichik va o‘rta biznes uchun yangi yengilliklar

Kafe, restoran, mehmonxona, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritasizmi?

Unda siz uchun yaxshi yangilik bor.

Prezidentimizning PF–100-son Farmoni bilan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yengilliklar joriy etildi.

2026-yil 1-iyundan boshlab mehmonxona, kafe va restoranlar alkogol hamda tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yana bir muhim imkoniyat yaratilmoqda — to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 40 foizi qaytarib beriladi.

Xodimlarni rasmiylashtirish jarayoni ham soddalashadi. Masalan, kafe yoki restoranga bir necha kunga qo‘shimcha ofitsiant yoki oshpaz kerak bo‘lsa, uni shu kunning o‘zida, muayyan muddatga mehnat organlarining mobil ilovasi orqali tez va oson rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonalariga tutash hududlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdori Soliq kodeksi asosida aniqlanadigan yer solig‘ining bir baravari miqdorida belgilanadi.

Bu esa tadbirkorlarga xarajatlarni oldindan aniqroq rejalashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, 2027-yildan boshlab kichik biznes subyektlari buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobar miqdorda hisobga olishlari mumkin bo‘ladi.

👉 PF–100-son Farmon, 26.05.2026-yil

31/05/2026



🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2026-yil iyun oyi uchun kalendari
______________________________


🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на июнь 2026 года

https://t.me/soliqnews/19381

Address

Улица А. Кадири 13А
Tashkent
100011+998712449898(ТЕЛЕФОНДОВЕРИЯ)

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712023282

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi:

Share