Ўзтрансгаз АЖ

Ўзтрансгаз АЖ "O'ztransgaz" AJ O‘zbekiston gaz sanoatining rivojlanish tarixi 1950 yillardan boshlanadi. O'z davrining yirik kashfiyotlaridan biri bo'lgan.

"O‘ztransgaz" AJ rivojlanish tarixi

Respublika sanoati, kichik biznes yetakchi korxonalari va real iqtisodiy sektordagi asosiy tarmoqlarning doimiy iqtisodiy o‘sish sur‘atlari hamda barqaror ishlashini ta‘minlash yonilg‘i-energetik resurslar iste‘molining oshishini nazarda tutadi. Tabiiy gazni ham ichki, ham tashqi bozorga yetkazib berish hajmlari oshib borayotgan hozirgi paytda, gaz transporti v

a gaz taqsimlash tizimlaridan ishonchli foydalanishni saqlab qolgan holda, gaz transporti tizimini rivojlantirish va gaz ta‘minoti tizimini yaxshilash zarurati kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi iste‘molchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta‘minlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish «O‘ztransgaz» Aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. Birinchi gaz 1953 yilda Setalantepa konidan qazib olingan.

2019

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Аholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʼini moliyaviy sogʼlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” №4388-sonli qarori bilan “Oʼztransgaz” АJ “Oʼzbekneftgaz” АJ tarkibidan chiqarildi, hamda “Oʼztransgaz” АJ negizida ikkita mustaqil tizim – “Oʼztransgaz” va “Xududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.


“Oʼztransgaz” АJga:


tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan mahsulotni taqsimlash toʼgʼrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʼshma korxonalar va xorijiy kompaniyalardan xarid qilish;

toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida magistral gaz quvuriga ulangan isteʼmolchilarga, shuningdek, «Hududgaztaʼminot» АJ bilan komissiya shartnomalari asosida gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni sotish;

gaz quvurlari va kompressor stantsiyalarini XMI/XHMT mablagʼlarini jalb etish orqali qurish, rekonstruktsiya qilish, yer osti gazni saqlash omborlarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini oshirish, yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz oqimlarining monitoringi va boshqaruvi tizimini (SCADA) hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish orqali gaz transport tizimining “zaif” jihatlarini bartaraf etish va uning tranzit salohiyatini rivojlantirish vazifalari belgilandi.

2009

Fargʼona vodiysi isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish uchun «Qamchiq» davoni orqali «Ohangaron» kompressor stantsiyasiga ega 165 km masofali noyob obʼekt – «Ohangaron-Pungon» magistral gaz quvuri qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Gaz quvuri Qurama togʼ tizmasi yonbagʼri orqali oʼtadi.

2006

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 avgustdagi “Oʼztransgaz” Аktsiyadorlik kompaniyasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–438-son Qaroriga muvofiq, gazni taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, ichki isteʼmolchilarga tabiiy gazni transportirovka va realizatsiya qilish boʼyicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun toʼlovlar intizomini mustahkamlash maqsadida «Oʼztransgaz» Аktsiyadorlik kompaniyasining faoliyati qayta tashkil qilindi. «Oʼztransgaz» Аktsiyadorlik kompaniyasi faoliyatining qayta tashkil qilinishi hududiy gaz bilan taʼminlash korxonalarini “Oʼzkommunxizmat” Oʼzbekiston agentligi tarkibidan “Oʼztransgaz” Аktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʼtkazish orqali amalga oshirildi va hududiy gaz bilan taʼminlash korxonalari negizida barcha toifadagi isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash uchun “Oʼztransgaz” Аktsiyadorlik kompaniyasining qoʼshma korxonalari shaklidagi 6 ta hududlararo korxonalar tashkil qilindi.

2003

Surxondaryo viloyati isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida 190 km uzunlikda Boysun togʼlari orqali oʼtuvchi diametri 720 mm boʼlgan “Shoʼrtan – Sherobod” magistral gaz quvuri qurilgan. Mazkur tarmoqqa "Muborak" Magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat koʼrsatiladi.

1999

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi “Oʼzbekneftgaz” Milliy neft va gaz sanoati korporatsiyasini “Oʼzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga qayta oʼzgartirish toʼgʼrisida”gi PF–2154-son Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi “Oʼzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati toʼgʼrisida”gi 523-son qaroriga muvofiq, “Oʼztransgaz” Davlat birlashmasi negizida ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʼztransgaz” Аktsiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi.

1999

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 apreldagi 169-son qaroriga muvofiq, «Xoʼjaobod» neft-gaz konining ishlab chiqilgan unumli imkoniyatlari negizida tashkil qilingan Xoʼjaobod gazni yer ostida saqlash stantsiyasidan tajriba sifatida foydalanish boshlandi.

1992

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 dekabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, tashkil qilinayotgan «Oʼzbekneftgaz» Milliy korporatsiyasi tarkibida «Oʼzbekgazsanoat» ishlab chiqarish birlashmasining ixtisoslashtirilgan boʼlinmalari bazasida tabiiy gazni transportirovka qilish boʼyicha «Oʼztransgaz» Davlat birlashmasi tashkil qilindi.

1978

Shimoliy Soʼx gazni yerostida saqlash stantsiyasi, keyingi yil esa Gazlidagi gaz koni bazasida tashkil topgan Gazli gazni yer ostida saqlash inshoati tajriba sifatida foydalanish boshlandi.

1973

«Oʼzbekgazsanoat» ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan, soʼngra esa alohida gaz transporti kompaniyasi sifatida «Oʼztransgaz» Аktsiyadorlik kompaniyasi rivojlana boshladi.

1962

Buxoro – Ural va Oʼrta Osiyo – Markaz transkontinental magistral gaz quvurlari yotqizilishini oʼz ichiga olgan Gazli konini qazib ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.

1961

5000 km.li Markaziy Osiyo – Markaz (SATS) magistral gaz quvuri qurilgan. Tarmoq qurilishida o'sha paytda dunyodagi eng yangi texnologiya va ishlanmalardan foydalanilgan. Ushbu quvur ishga tushirilgach “Transkontinental gaz quvuri tizimi” iborasi birinchi marta qo'llanila boshlagan.

1954-1960

Uzunligi 2200 km, diametri 1000 mm dan yuqori “Buxoro – Ural” magistral gaz quvuri qurilgan. Bu tizim uchun 17 ta kompressor stantsiyasi va qo'shimcha infrastruktura shuningdek, quvur ekspluatatsiyasini ta'minlovchi 7 ta boshqarma tashkil etilgan. Ularning 4 tasi O'zbekiston hududida joylashgan edi.

“O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi📢 “O‘ztransgaz” AJning rasmiy Telegra...
03/06/2026

“O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

📢 “O‘ztransgaz” AJning rasmiy Telegram kanali orqali “Korrupsiyaning oldini olish: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida Jamiyatda korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini yanada takomillashtirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

⚖️ Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat alohida tuzilmalarning, balki har bir rahbar va xodimning muhim vazifasi hamda shaxsiy mas’uliyati hisoblanadi.

📞 Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish uchun quyidagi aloqa kanallari faoliyat yuritmoqda:

📺 Ishonch telefoni: 1852
📱 Telegram-bot:
📩 Elektron pochta: [email protected]

🔐 Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat etuvchilarning shaxsi va ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.

✔️ “O‘ztransgaz” AJ halollik, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga sodiq qolgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirmoqda.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 2 iyun kuni “Oʼztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshq...
03/06/2026

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 2 iyun kuni
“Oʼztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish boʼyicha birinchi oʼrinbosari – bosh muhandis Muhsin Narzullaevich Raxmonov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli oʼtkazildi.

🌿 Ekologik mas’uliyat amaliy ishlardan boshlanadi2026-yil 26-may kuni “O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent viloyatining B...
03/06/2026

🌿 Ekologik mas’uliyat amaliy ishlardan boshlanadi
2026-yil 26-may kuni “O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan ekologik tadbirda ishtirok etdilar. Tadbir ESG tamoyillarini amaliyotga joriy etish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida hududni maishiy chiqindilardan tozalash bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazildi. Shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
“O‘ztransgaz” AJ uchun ekologik mas’uliyat barqaror rivojlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Jamiyat tomonidan atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan ESG tamoyillari izchil joriy etib kelinmoqda.
Mazkur tadbir barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, Jamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik mas’uliyat tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.
♻️ Tabiatni bugun asrash — kelajak avlodlar uchun barqaror va farovon kelajak yaratish demakdir.
YashilKelajak

Bugun soat 11:00 dan 12:00 gacha  “O‘ztransgaz” AJning https://t.me/uztg_uz telegram kanali orqali O’zbekiston Respublik...
02/06/2026

Bugun soat 11:00 dan 12:00 gacha  “O‘ztransgaz” AJning https://t.me/uztg_uz telegram kanali orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026-2027-yillarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi VMQ-202-son qarorining ijrosi hamda “O‘ztransgaz” AJ faoliyatida korrupsiyaning oldini olish: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etiladi.

Tadbirda “O‘ztransgaz” AJning mas’ul rahbar va mutaxassislar ishtirok etadi.
 “O‘ztransgaz” AJ faoliyatiga oid savollar yuzasidan bo‘lib o‘tadigan “Savol bering - javob beramiz” loyihasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
——————————————
Приглашаем вас принять участие в проекте “Задайте вопрос - мы ответим”, который пройдет в телеграмм-канале https://t.me/uztg_uz АО “Узтрансгаз” сегодня с 11: 00 до 12:00 часов.

“Toshkent-1” GTSni to‘xtatish bo‘yicha2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, joriy yi...
25/05/2026

“Toshkent-1” GTSni to‘xtatish bo‘yicha

2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, joriy yil 1-2 iyun kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Toshkent-1” gaz taqsimlash stansiyasida texnologik qurilma va uskunalarni ta’mirlash va taftish ishlari olib borish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, “Toshkent-1” gaz taqsimlash stansiyasi orqali tabiiy gaz uzatish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ushbu ta’mirlash ishlarini to‘g‘ri tushunishingizni va keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

📣E’LONAholi va tadbirkorlik subyektlari diqqatiga:“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy tuzilmalaridagi ...
21/05/2026

📣E’LON
Aholi va tadbirkorlik subyektlari diqqatiga:
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy tuzilmalaridagi korxona va tashkilotlarning faoliyatlariga oid barcha masalalar yuzasidan jamiyatning +99871.202-10-12 (ichki raqamlar: 12-447 va 12-448) raqamiga soat 9.00 dan soat 18.00 ga qadar qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlaringizni murojaat, muammo, eʼtiroz va takliflaringizni qoldirishlaringiz mumkin.

🚨 Hurmatli fuqarolar va jamiyat xodimlari!“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan jamiyatda korrupsiyaviy hola...
21/05/2026

🚨 Hurmatli fuqarolar va jamiyat xodimlari!

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan jamiyatda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Komplayens-nazorat bo‘limining qisqa ishonch telefoni ishga tushirildi.

📞 Ishonch telefoni: 1852

Ushbu raqam orqali siz:
✅ korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishingiz;
✅ noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan murojaat qilishingiz;
✅ taklif va shikoyatlaringizni qoldirishingiz mumkin.

⏱ Murojaatlar haftaning dushanba–juma kunlari
09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

🔒 Murojaatchining shaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.

📌 “O‘ztransgaz” AJ korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori!

📣E’LON✔️“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va...
19/05/2026

📣E’LON

✔️“O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullarni davom ettiradi.

💬 Navbatdagi sayyor qabullar joriy yilning 21-may kuni soat 10:00 da Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida, 22-may kuni soat 11:00 da G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvining ishonchli vakili tomonidan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

✨ Energetika sohasi rivojida ayollarning o‘rni beqiyos!Energetika sohasi va gaz transport tizimi nafaqat texnik jarayonl...
13/05/2026

✨ Energetika sohasi rivojida ayollarning o‘rni beqiyos!
Energetika sohasi va gaz transport tizimi nafaqat texnik jarayonlar, balki fidoyi insonlar mehnatiga tayanadi. Bu zanjirda xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir. «O‘ztransgaz» AJ tizimidagi ayollar nafaqat ma’muriy ishlarda, balki texnologik jarayonlarni boshqarish, muhandislik va xalqaro standartlarni tatbiq etishda faol ishtirok etmoqdalar.
📈 Gender tenglik siyosati tufayli ayol mutaxassislarning kasbiy mahorati yangi bosqichga ko‘tarildi. Gaz magistrallari xavfsizligi, raqamlashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ularning mas’uliyati yuqori natijalar bermoqda.
🏆Energetika tizimidagi xotin-qizlar — kuchli iroda va yuksak professionalizm timsolidir. Ayollar ulushining ortishi O‘zbekiston energetika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi istiqbolli qadamdir.

📍Bugungi k***a «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida yosh mutaxassislarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular tizimni...
13/05/2026

📍Bugungi k***a «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida yosh mutaxassislarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular tizimni modernizatsiya qilish va mamlakatimiz energetika mustaqilligini mustahkamlashda asosiy drayver vazifasini o‘tamoqdalar.
📈 Jamiyatda yosh kadrlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular magistral gaz quvurlarini boshqarishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni va energiya tejovchi yechimlarni tatbiq etishda faol ishtirok etishmoqda.
🤝 «O‘ztransgaz» AJ yoshlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan nufuzli 28-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazmasi va konferensiyasida faol ishtirok etib, sohaning innovatsion rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
🏗 Bu kabi keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash tizimi «O‘ztransgaz» AJ yoshlarining o‘z bilim va g‘ayratini yurtimiz gaz uzatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida safarbar etishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Address

Manzil: Toshkent Vil. , Yuqori Chirchiq Tumani
Tashkent
100047

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ўзтрансгаз АЖ posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Ўзтрансгаз АЖ:

Share