05/06/2026
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan CHANGE mintaqaviy loyihasi doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hab hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Tengdoshdan tengdoshga” (ToT) tamoyili asosidagi trenerlar uchun trening muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bir hafta davomida 23 nafar ishtirokchi gender tengligi, reproduktiv salomatlik, zoʻravonlikning oldini olish va raqamli xavfsizlik masalalarini oʻrganib, shu bilan birga omma oldida nutq soʻzlash, fasilitatsiya hamda samarali muloqot koʻnikmalarini rivojlantirdilar.
Trening yakunida ishtirokchilar guruh loyihalarini taqdim etib, dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega boʻldilar.
Xalqaro inklyuziv hab yoshlar yetakchiligini rivojlantirish, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuziya qadriyatlarini ilgari surishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.
—
Завершился тренинг для тренеров по принципу обучения «равный равному» (ToT), организованный Международным инклюзивным хабом при Национальном агентстве социальной защиты совместно с Фондом ООН в области народонаселения (UNFPA) в Узбекистане, в рамках регионального проекта CHANGE, финансируемого Европейским Союзом.
В течение недели 23 участника изучали вопросы гендерного равенства, репродуктивного здоровья, профилактики насилия и цифровой безопасности, а также развивали навыки публичных выступлений, фасилитации и эффективной коммуникации.
По итогам обучения участники представили групповые проекты и получили сертификаты об успешном прохождении программы.
Международный инклюзивный хаб продолжает поддерживать инициативы, направленные на развитие молодежного лидерства, расширение возможностей молодых людей и продвижение ценностей инклюзии.