Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi Барчаси Халк манфаати учун-Все для народа

25/05/2026
20/05/2026
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 1-okrug deputati F.Nazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov tomoni...
19/05/2026

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 1-okrug deputati F.Nazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalar bajarilishini monitoring qilish maqsadida manzilli o‘rganish va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shu asosda “Madaniyat” mahallasidagi 18-sonli MTTda olib borilayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiqligi, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda muassasada bolalar uchun yaratilayotgan zamonaviy va xavfsiz sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildiXalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari N.Alimov hamda D.Yusupov, tuman ...
18/05/2026

Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari N.Alimov hamda D.Yusupov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassislari G.Aripova va A.Ashirmatovlar tomonidan “Beruniy” mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan yaroqsiz holga kelib qolgan suv quvuri bilan bog‘liq muammo mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud suv tarmog‘ining texnik holati ko‘zdan kechirilib mazkur masala yuzasidan takliflar tinglandi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish, eskirgan suv quvurlarini ta’mirlash hamda tizimni yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olinib, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

  Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining 18-okrug deputati Doniyor Yusupov, kotibiyat mudiri O.Toirov hamda kotibiya...
18/05/2026




Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining 18-okrug deputati Doniyor Yusupov, kotibiyat mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Ashirmatov hamda G.Aripovalar tomonidan “Boyjigit” mahallasida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati, shuningdek, profilaktika va bandlik yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

  Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 4-okrug deputati A.Xudayqulov tomonidan “Po'lat qadam” mahallasi yoshlar yetakc...
18/05/2026




Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 4-okrug deputati A.Xudayqulov tomonidan “Po'lat qadam” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisidan:

- Yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish holati;

- Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari va o‘z taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;

- “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotini tinglandi

  Mahallada ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildiXalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 16-okrug deputati A.Xudayqulov tom...
18/05/2026




Mahallada ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 16-okrug deputati A.Xudayqulov tomonidan “Po'lat qadam” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ajratish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, faoliyat samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalish deputatlik nazoratiga olinib, tizimli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va hu...
15/05/2026

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hayotining dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan mas’ul tashkilotlarning hisobot va axborotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan:
🔹 Xalq qabulxonasining 2026-yil I chorakdagi faoliyati yuzasidan axborot;
🔹 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha harakatlar rejasi;
🔹 “Xalq nazorati” platformasi orqali kelib tushgan murojaatlarning ijrosi va ularni hal etish holati;
🔹 Tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi;
🔹 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi;
🔹 hamda boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijro etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati A.Xudayqulov hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri O.Toirov “May” mahall...
13/05/2026

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati A.Xudayqulov hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri O.Toirov “May” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla raisi bilan muloqot qildilar.

Asosiy e’tibor: Aholining tabiiy gaz ta’minotidagi masalalariga qaratildi.
Natija:
Mahalla raisi va soha mutaxassislari jalb etilgan holda vaziyat to‘liq o‘rganildi;
Mavjud muammolar bo‘yicha aniq texnik yechimlar ishlab chiqildi;
Masala joyida hal etilib, aholining haqli e’tirozlariga barham berildi.

“Bizning asosiy vazifamiz — xalqimiz og‘irini yengil qilish va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his qilishdir”,

Address

Qibray Tumani Zebuniso Koʻchasi 1-uy
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share