02/06/2026
✅Kuni kecha Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda badiiy gimnastika bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
🔰Unda poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli umumta'lim maktabi 7-sinf o'quvchisi Anora Mamajonova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
🏆Nufuzli musobaqada iqtidorli o'quvchi Anora Mamajonova oltin medal bilan taqdirlandi va Osiyo chempioni bo'ldi.
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do‘stlaringizga ulashing: 👉👉https://t.me/talim_tarbiya_info