22/05/2026
❗️Xalqaro onlayn konferensiya bo'lib o'tdi.
⚡️Joriy yilning 21-22-may kunlari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi xodimlari V.M. Lebedev nomidagi Rossiya davlat odil sudlov universiteti “Sud ekspertiza va kriminalistika” kafedrasi tashkil etilganining 10 yilligiga bag‘ishlangan “Sud ishlarini yuritishda maxsus bilimlardan foydalanishning zamonaviy imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
✔️ Konferensiyada Markazning ekspertlik faoliyati va ilmiy ishlar bo ‘yicha direktor o‘rinbosari U.Uzakov “Sud ekspertiza va kriminalistika” kafedrasi tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan tabrik so‘zi yo‘llab, Markaz haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston va Vyetnam kabi bir qator davlatlarning yetakchi sud ekspertiza muassasalari, oliy o‘quv yurti vakillari, sudyalar hamda huquqshunoslar ishtirok etdilar. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi, Tergov qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika markazi kabi nufuzli muassasalar vakillari ham qatnashdilar.
✔️ Konferensiyaning asosiy sessiyasida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i N.Xalilova «O‘zbekistonda sud ekspertiza tizimini raqamlashtirish va uni yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish» mavzusida ma'ruza qilib, O‘zbekistondagi sud ekspertiza sohasidagi islohotlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasidagi yutuqlar hamda istiqbolli yo'nalishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
✔️ Shuningdek, konferensiyaning asosiy sessiyasi davomida sud ekspertizasining nazariy va huquqiy muammolari, sun'iy intellekt va avtomatlashtirish imkoniyatlari, raqamli dalillar va ularni tahlil qilish texnologiyalari, sud-iqtisodiy ekspertiza, kriminalistik ekspertizalar hamda sud psixologik ekspertiza kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
✔️ Konferensiya qizg‘in muhokamalar hamda savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, ish*tirokchilar kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ [email protected]
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz