Raqamli hukumat

Raqamli hukumat Центр управления проектами цифрового правительства

Еще вчера мы не представляли себе возможным общаться с правительством не вставая с дивана, но уже сегодня посредством Единого портала и электронных услуг гос.органов пользователь может подать жалобу, предложение или другое обращение в режиме онлайн, т.е при помощи сайта в сети Интернет. Кроме того при помощи Единого Портала (my.gov.uz) имеется возможность получить интерактивные государственные усл

уги одностороннего и двухстороннего вида, а также транзакционные услуги, оказываемые государственными органами.

☀️ Jazirama issiqda navbat kutib, o’zingizga jabr qilmang! Yechim bitta — my.gov.uz!🌡 Tashqarida havo harorati k***an-ku...
05/06/2026

☀️ Jazirama issiqda navbat kutib, o’zingizga jabr qilmang! Yechim bitta — my.gov.uz!

🌡 Tashqarida havo harorati k***an-kun ko‘tarilib, hatto soyada ham turish qiyin bo‘lgan ayni yoz mavsumida navbat kutish, idorama-idora sarson bo‘lish asab va sog‘liqqa zarar.

👨‍💻 Aslida, eng muhim davlat xizmatlaridan foydalanish uchun uydan chiqish, jaziramada yo‘l bosish shart emas. Uyda, bir piyola ko’k choy ustida barchasini my.gov.uz orqali bir necha daqiqada hal qilish mumkin.

📊 Yoz kunlarida sizga eng kerak bo‘ladigan, uydan chiqmay bitadigan TOP-5 hayotiy xizmatlar bilan tanishing:

⏺ Farzandni maktabga joylashtirish (1-sinf)
(https://my.gov.uz/uz/service/797)
💬 Yoz — maktabga qabul mavsumi. Maktabma-maktab hujjat ko‘tarib yurish o‘rniga, bolangizni my.gov.uz orqali uydan chiqmay turib 1-sinfga onlayn ro‘yxatdan o’tkazasiz.

🗄Muddat: 20-iyundan – 31-avgustgacha.

⏺ OTM (https://my.gov.uz/uz/service/1075) va texnikumlarga (https://my.gov.uz/uz/service/887) hujjat topshirish

💬 Davlat oliygohlarida abituriyentlar qabuli bugun boshlanadi va 25-iyungacha davom etadi.

💬 Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun issiqda ta’lim maskanlariga qatnab, sargardon bo‘lish davri o‘tdi. Yo‘nalishlarni tanlang, hujjatlarni yuklang va xotirjam imtihonga tayyorlaning.

⏺"Propiska" (https://my.gov.uz/uz/service/363) va manzil bo‘yicha (https://my.gov.uz/uz/service/187) hisobga turish
💬 Yangi uy oldingizmi yoki ijrada turasiz va doimiy/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kerakmi? Pasport stolga borishni unuting. Arizani divanda yotgan holda yuboring va tayyor QR-kodli hujjatni yuklab oling.

⏺Kadastr pasportini shakllantirish (https://my.gov.uz/uz/service/939) va ma’lumotlar olish
💬 Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi yoki boshqa hujjatlar uchun kadastr ma’lumotlari kerak bo‘lib qolsa, tegishli idoralarga borishga umuman hojat yo‘q. Hamma ma’lumotlar tizimda onlayn shakllanadi.

⏺Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish va ma’lumotnomalar (https://my.gov.uz/uz/service/755)
💬 Konditsioner ishlab turgan uyda svet, gaz yoki suv bo‘yicha muammolar kelib chiqmasligi uchun hisob-kitoblarni masofadan tekshiring. Kerak bo‘lsa, qarzdor emaslik haqidagi ma’lumotnomani ham onlayn yuklab oling.

🟡 Vaqtingizni va asabingizni asrang. Texnologiyalar davrida smartfoningiz — bu sizning shaxsiy va eng qulay davlat xizmatlari markazingizdir.

💻 my.gov.uz — nafaqat jazirama issiq, balki har qanday vaziyatda hayotingizni yengillashtiradi!

☄️ Katta turnir start arafasida: Qur’a tashlash marosimi yakunlandi!⚽️ AKT sohasi xodimlari o‘rtasidagi uzoq kutilgan fu...
05/06/2026

☄️ Katta turnir start arafasida: Qur’a tashlash marosimi yakunlandi!

⚽️ AKT sohasi xodimlari o‘rtasidagi uzoq kutilgan futbol musobaqasiga rasman start berilmoqda. Bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimi natijalariga ko‘ra, jamoalar o‘z guruhlarini bilib olishdi.

🟡 Markazimiz jamoasi ham ushbu murosasiz bahslarda g‘oliblik uchun maydonga tushadi!

👉 Guruhlar tarkibi quyidagicha:

🏆 Saralash musobaqasi

A guruhi:
💬 Toshkent pochtamti
💬 IT PARK
💬 UZPOST

B guruhi:
💬 TATU
💬 Aloqabank
💬 Alskom

Musobaqa formati: Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan 2 ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Respublika-final bosqichiga yo‘llanma oladi. 2-o‘rinni band etgan jamoalar esa o‘zaro o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasi uchun kurashadilar.

🏆 O‘tish musobaqasi
(Markazimiz ushbu guruhda ishtirok etadi!)

A guruhi:
💬 MTRK
💬 UZINFOCOM
💬 TBM
💬 Raqamli hukumat (Bizning jamoa! 🤝)

B guruhi:
💬 UCELL
💬 ITF
💬 UZTELECOM
💬 Kontakt markazi

C guruhi:
💬 MOBIUZ
💬 TELECOM SOFT
💬 RRTM
💬 UNICON.UZ

D guruhi:
💬 Vazirlik
💬 EMMM
💬 MATB
💬 INHA

Musobaqa guruh + “Play-off” tizimida o‘tadi. Har bir guruhdan kuchli 2 ta jamoa chorak final (Play-off) bosqichiga yo‘llanma oladi. Chorak finalda guruhlar “A-C” va “B-D” tizimida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

❗️Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasiga bo‘lajak o‘yinlarda yorqin g‘alabalar tilaymiz!

🎉 Jamoamizni qo‘llab-quvvatlang!

🌐 egov.uz

🎉 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!✨ Ko‘zlarimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni bugungi go‘za...
01/06/2026

🎉 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

✨ Ko‘zlarimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni bugungi go‘zal bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!

📊 Yurtimizda bolajonlarning o‘rni va ularga bo‘lgan e’tibor juda yuksak. Statisika ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi k***a O‘zbekistonda 0–14 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 11 630 879 nafarni tashkil etmoqda.

Biz, my.gov.uz jamoasi barcha ota-onalar va ularning farzandlariga qulaylik yaratish uchun davlat xizmatlarini raqamlashtirishdan mamnunmiz.

✅ Aziz bolajonlarimizning ko‘zlari hamisha baxt-saodatdan porlasin, bolalikning har bir oni yorqin voqealar va unutilmas damlarga boy bo‘lsin!

🎈 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan muborakbod etamiz!🔝 Ushbu ulug‘ kunlarda qilinayotgan barcha ezg...
27/05/2026

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan muborakbod etamiz!

🔝 Ushbu ulug‘ kunlarda qilinayotgan barcha ezgu niyatlar va qilingan xayr-saxovatlar Yaratganning dargohida husni qabul bo‘lishini so‘raymiz.

✅ Ushbu ulug‘ ayyom barchamizni mehr-oqibat, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat ruhida birlashtirib, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishda yanada birdamlik bag‘ishlasin.

🕌 Muqaddas Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

🌐 egov.uz

✨ 25-may — Qadrdon maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinmoqda!Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi yu...
25/05/2026

✨ 25-may — Qadrdon maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinmoqda!

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi yurtimizdagi barcha bitiruvchilarni, ularning ustoz va ota-onalarini unutilmas bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

Bugungi yoshlar — Yangi O‘zbekistonning raqamli kelajagi, ertangi kunimizning drayverlaridir. Sizning bilimingiz, intellektual salohiyatingiz va zamonaviy AKT sohasidagi ko‘nikmalaringiz mamlakatimiz taraqqiyotida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Maqsadlarni katta qo‘ying! Hech qachon o‘rganishdan va yangilikka intilishdan to‘xtamang!

Vaqtingizni qadrlang. Zero, zamonaviy dunyoda eng oliy qadriyat — bu vaqt va bilim.

Raqamli dunyo imkoniyatlaridan unumli foydalaning! Davlatimiz tomonidan siz uchun yaratilgan barcha raqamli qulayliklar va ta’lim platformalari yangi marralarni zabt etishingizda qanot bo‘lsin.

Kelgusi o‘qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Katta hayot yo‘lingiz hamisha munavvar bo’lsin!

🌐 egov.uz

❗️ Jamoamiz futzal bo‘yicha «Aloqa sohasi kubogi 2026» musobaqasida ishtirok etadi! ⚽️ Raqamli texnologiyalar vazirligi ...
22/05/2026

❗️ Jamoamiz futzal bo‘yicha «Aloqa sohasi kubogi 2026» musobaqasida ishtirok etadi!
 
⚽️ Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi korxonalar xodimlari o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha Ko‘chma Kubok uchun respublika musobaqalari yaqinlashmoqda. Dastlabki bosqich bahslari joriy yilning 8-10-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
 
🟡 Quvonarlisi, ushbu nufuzli turnirda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM jamoasi ham ishtirok etadi!
 
🔵 Turnirning dastlabki bosqichi ikki guruhda o‘tkaziladi.
 
👉 “Saralash” guruhida ALOQABANK, ALSKOM, IT PARK, TATU, Toshkent pochtamti, UZTELECOM va UZPOST jamoalari bahs olib boradi.
 
👉 Musobaqaning “O‘tish” guruhida esa ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar soni hozircha 15 taga yetgan. Unda jamoamiz bilan birgalikda quyidagi korxonalar maydonga tushadi:

🗄 Vazirlik
🗄 “EMMM” DUK
🗄 “Ixtisoslashtirilgan texnik filial”
🗄 INHA
🗄 “KONTAKT MARKAZI” MCHJ
🗄 MATB
🗄 MOBIUZ
🗄 “MTRK” DM
🗄 “RRTM” DUK
🗄 “TELECOM SOFT” MCHJ
🗄 “O‘zTTBRM” MCHJ
🗄 UCELL
🗄 “UNICON.UZ” MCHJ
🗄 UZINFOCOM
 
👨‍💻 Jamoamiz nafaqat raqamli xizmatlar sohasida, balki yashil maydonda ham yuqori natijalar ko‘rsatishiga ishonamiz.
 
❗️Barchaga omad yor bo‘lsin!

 Joriy yil yanvar-aprel oylarida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sif...
22/05/2026



Joriy yil yanvar-aprel oylarida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi.

Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Vazirlik qisqa vaqt ichida zamonaviy, ochiq va raqamli adliya institutiga aylandi. Bugungi k***a vazirlik 30 ta platforma orqali 380 ta to‘liq raqamlashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatmoqda. 780 dan ortiq xizmatdan onlayn foydalanish mumkin. 208 ta davlat xizmatlari markazidan iborat tarmoq butun mamlakat bo‘ylab yagona standartni ta’minlamoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi.

Mazkur idora mas’uliyatli, shaffof va tejamkor xo‘jalik yuritishning yorqin namunasiga aylandi. Ajratilgan har bir so‘m yangi konlarni qidirib topish va sohani rivojlantirishga sarflandi. Geologiya-qidiruv ishlarida suv sarfi 20 foizga qisqartirildi. Budjet rejalari 2028-yilga qadar oldindan tuzib chiqilgan. Asosiy konchilik uskunalarini mahalliylashtirish darajasi 84 foizga yetkazildi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ijobiy natijalari uchun Ichki ishlar vazirligi eng namunali deb tan olindi.

Bugungi k***a vazirlik 60 ga yaqin xizmat turini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 95 foizi to‘liq raqamli shaklda taqdim etilayotgani diqqatga sazovor. Ilgari tarqoq bo‘lgan 72 ta ma’lumotlar bazasi yagona “Xavfsiz shahar” tizimiga birlashtirilib, unga 14 ta boshqaruv markazi va 20 dan ziyod vazirlik ulangan. O‘tgan yili 148 mingdan ortiq ma’muriy ish masofaviy tarzda ko‘rib chiqildi va odamlarning idorama-idora sarson bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazirlik zamonaviy davlat xizmatlarini inson uchun yaratilgan qulaylik bilan o‘lchanishini amalda ko‘rsatmoqda.

🌐 egov.uz

🟡 Aholining raqamli savodxonligi oshirilmoqda: Hududlarda my.gov.uz imkoniyatlari mavzusida oʻquv seminarlari oʻtkazildi...
22/05/2026

🟡 Aholining raqamli savodxonligi oshirilmoqda: Hududlarda my.gov.uz imkoniyatlari mavzusida oʻquv seminarlari oʻtkazildi

🗣 Yurtimizning barcha hududlarida “my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay” loyihasi doirasida aholining barcha qatlamlari uchun oʻquv seminarlari keng qamrovda tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad — fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan mustaqil va samarali foydalanishni oʻrgatish hamda ularning raqamli koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.

👉 Loyiha doirasidagi navbatdagi amaliy va interaktiv ruhdagi seminarlar quyidagi maskanlarda yuqori saviyada tashkil etildi:
📍 Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 1-son va 3-son texnikumlarida talaba-yoshlar va pedagoglar uchun;
📍 Surxondaryo viloyati: Qiziriq tumani hokimligida, Termiz olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazida hamda Qumqoʻrgʻon, Muzrabot va Termiz tumanlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida;
📍 Namangan viloyati: Kosonsoy tuman hokimligida;
📍 Sirdaryo viloyati: Sardoba tumani Madaniyat markazida.

✅ Tadbirlarda mahalla yettiligi vakillari, hokim yordamchilari, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.

💻 Unda mutaxassislar tomonidan my.gov.uz portali orqali ariza topshirish, ortiqcha qogʻozbozlik va vaqt sarfining oldini olish hamda platformaning eng soʻnggi qulayliklari haqida batafsil maʼlumot berildi.

💬 Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, interaktiv xizmatlardan real vaqt rejimida foydalanish koʻnikmalarini mustahkamladilar.

📱 Bu kabi amaliy seminarlar respublikamiz boʻylab davom etmoqda.

🌐 egov.uz

🎓 TDIU talabalari raqamli xizmatlar bilan yaqindan tanishdi!Bugungi shiddatli raqamli davrda qog‘ozbozlik va navbatlar o...
21/05/2026

🎓 TDIU talabalari raqamli xizmatlar bilan yaqindan tanishdi!

Bugungi shiddatli raqamli davrda qog‘ozbozlik va navbatlar o‘tmishga aylanmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) talabalari uchun tashkil etilgan seminar-trening aynan shu mavzuga — raqamli davlat xizmatlarining qulayliklari va amaliy ahamiyatiga bag‘ishlandi.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan trening davomida yoshlarga hozirgi k***a muhim bo’lgan quyidagi yo‘nalishlar batafsil yoritib berildi:

🟢 Yagona portalda talabalar va yoshlar uchun joriy etilgan eng so‘nggi va interaktiv xizmatlar;

🟢 my.gov.uz mobil ilovasi orqali “raqamli hujjatlar”dan to’g’ri foydalanish imkoniyatlari;

🟢 portalning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus moslashtirilgan qulay funksiyalari hamda ulardan teng huquqli foydalanish tartibi.

Seminar ma’ruza shaklida o‘tmadi. Talabalar real vaqt rejimida mobil ilova va portal imkoniyatlarini o‘z smartfonlarida sinab ko‘rib, mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Raqamli xizmatlar — qulay, tezkor va barcha uchun teng imkoniyat!

🌐 egov.uz

❓ Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz to‘g‘risida bilishni xoxlaysizmi?🖥  Unday bo‘lsa, Pensiya jamg‘...
19/05/2026

❓ Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz to‘g‘risida bilishni xoxlaysizmi?

🖥 Unday bo‘lsa, Pensiya jamg‘armasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan xizmat orqali bu to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:

🔵 pensiyangizning aniq miqdori;
🔵 umumiy ish stajingiz qanchaligi;
🔵 aniqlangan o‘rtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;
🔵 pensiyangizning tayanch miqdori;
🔵 ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qo‘shimcha to‘lov miqdori kabi ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

⏱️ Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1354

Ushbu xabarni pensioner yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

🌐 egov.uz

Address

Ibrohim Muminov Ko'chasi, 4-uy +998 55-501-36/06
Tashkent
100047

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

252-50-26

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Raqamli hukumat posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Raqamli hukumat:

Share