Turon Axborot Kutubxona Markazi

Turon Axborot Kutubxona Markazi Ташкентский областной информационно-библиотечный центр "TURON"

23/04/2025

23 aprel - Xalqaro kitobxon va mualliflik huquqini himoya qilish kuni

22/04/2025

“Kitobxonlik haftaligi” ochilish marosimi
21-27 aprel 2025 yil

20/04/2025

“Kitobxonlik haftaligi”
21-27 aprel 2025 yil

20/03/2025

Bahor kelishi barcha davrlarda odamlarning hayotidagi eng quvonchli hodisa bo‘lgan. Odamlar uni tabiatning uyg‘onishi, hayot tantanasi, saxovatli hosildor yilga bo‘lgan umidlar fasli deb bilgan. Ana shu go'zal faslning eng go'zal tantanasi Navro'z bayramidir. Navro'z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. "TURON" axborot-kutubxona markazi sizni eng go'zal bahor ayyomi bilan tabriklaydi !

Toshkent viloyati TURON Axborot- kutubxona markazi axborot bibliografiya bo'limi tomonidan 21-mart Navro'z bayramiga bag...
19/03/2025

Toshkent viloyati TURON Axborot- kutubxona markazi axborot bibliografiya bo'limi tomonidan 21-mart Navro'z bayramiga bag'ishlangan "O'lkamizga hush kelding Navro'z" hamda O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 84 yilligiga bag'ishlangan "Shoirning qalb navolari" kitob ko'rgazmalari tashkil qilindi va keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilindi

24 oktyabr kuni Islom sivilizatsiya markazining 18-26 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekistonda xalqaro madaniy m...
24/10/2024

24 oktyabr kuni Islom sivilizatsiya markazining 18-26 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekistonda xalqaro madaniy me’ros haftaligi”ning “Yangi O‘zbekiston–Uchinchi renessansning innovatsion kutubxonasi” mavzusidagi xalqaro anjumanining bugungi seminari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "INFOLIB O`ZBEKISTON-2024" XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o‘tkazildi. Seminarda Islom sivilizatsiya markazi direktori F. Abduxalikov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. Teshabaeva, Islom sivilizatsiya markazi direktor o‘rinbosari F. Xalimovlar hamda Tojikiston, Eron, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qatar davlatlarining bir qator mutaxassislari ofline va online ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ushbu haftalik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va turli ko‘rgazmalar barchada iliq tassurotlar qoldirmoqda. Bunday uchrashuvlar yanada kengroq ilmiy izlanishlar olib borishida muhim rol o‘ynaydi.

21- oktyabr kuni "TURON" axborot-kutubxona  markazida  "INFOLIB O`ZBEKISTON-2024" XIII Milliy axborot-kutubxona haftalig...
21/10/2024

21- oktyabr kuni "TURON" axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O`ZBEKISTON-2024" XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda O`zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktyabr O`zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Ona tilim - g`ururim, faxrim" nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Toifalangan Obyektlarni Qo’riqlash Qo’shinlari Qomondonligi orkestri, Xarbiy musiqiy akademik litsey, Temurbeklar maktabi, hamda Jamoat xavfsizlik universiteti o‘quvchilari va kitobxonlar ishtirok etdilar. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari S. D. Mamayusupov so`zga chiqib, barchani ushbu bayram bilan tabrikladi. Milliy gvardiya xarbiylari tomonidan xarbiy chiqishlar namoyishi o`tkazildi, xarbiy orkestrining sho`x kuylari ijrosi bilan tadbir ko`tarinki ruxda o`tkazildi. Tadbir so`ngida barcha ishtirokchilarga A. Qodiriy memorial muzeyi va kutubxona bo`ylab ekskursiya tashkillashtirildi.

E'LON: "TURON" axborot-kutubxona markazida, "O‘zbekiston Milliy kutubxonasi"da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatla...
21/10/2024

E'LON:
"TURON" axborot-kutubxona markazida, "O‘zbekiston Milliy kutubxonasi"da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida 21-25-oktyabr kunlari “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo'lib o'tadi
Haftalik doirasida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko'rik tanlovi o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
Haftalikka barcha yurtdoshlarimizni taklif qilamiz!

18 oktyabr kuni “TURON” AKM va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 21 oktyabr- O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan Xarbiy musi...
18/10/2024

18 oktyabr kuni “TURON” AKM va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 21 oktyabr- O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan Xarbiy musiqiy akademik litsey, Temurbeklar maktabi hamda Jamoat xavfsizlik universiteti o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi. Unda 1-o‘rinni HMAL o‘quvchisi K. Ibragimov, 2-o‘rinni JXU talabasi A. Esonov, 3-o‘rinni Temurbeklar maktabi o‘quvchisi A. Murodbekovlarga nasib qildi. G‘oliblarga “TURON” AKM va Milliy gvardiya tomonidan estalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning badiiy chiqishi barchani xushnud qildi.

Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent viloyati «TURON» Axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonida...
09/10/2024

Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent viloyati «TURON» Axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili toʼgʼrisidagi Qonun qabul (1989) qilingan kuniga bagʼishlangan "Ona yurtim jarangi olam uzra taralgay" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.

Turon fanlar akademiyasi (TFА), TFАning oʼrtaturk tili ilmiy-tadqiqot instituti, TFАning xalqaro Turon jurnalistlar uyus...
09/10/2024

Turon fanlar akademiyasi (TFА), TFАning oʼrtaturk tili ilmiy-tadqiqot instituti, TFАning xalqaro Turon jurnalistlar uyushmasi, TFАning xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati “TURON” Axborot-kutubxona markazida 19 oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili toʼgʼrisida Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bagʼishlangan “Turkiy tillar, oʼzbek tili yozuv tizimlari rivoji va oʼrtabitik yozuv tizimini yaratish muammolari” mavzuidagi ilmiy anjuman boʼlib oʼtdi.
Ilmiy anjumanda Turon Fanlar Аkademiyasining akademigi Karimov B., Toshkent viloyati “TURON” Аxborot-kutubxona markazi direktori oʼrinbosari Sulaymonov А., Turon Fanlar Аkademiyasining prezidenti va akademigi Bobobekov H., Turon Fanlar Аkademiyasining akademigi Karimov B., Turon Fanlar akademiyasining akademigi Yormatova G., Turon Fanlar akademiyasining akademigi Faqirov А.lar qatnashdilar. Shuningdek, “Turk eli” xalqaro jamoat tashkiloti prezidenti (АQSh) Sarvar Ispaxi, Leybnits nomidagi Yevropa fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro falsafa forumi va Turon Fanlar Аkademiyasi vitse-prezidenti Medjidova Аlmaz-Xanum Samed Gizilar tabrik soʼzlari va ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdilar.

Address

Улица Абулла Қодирий
Tashkent
100146

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998951707010

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Turon Axborot Kutubxona Markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Turon Axborot Kutubxona Markazi:

Share

Category