01/06/2026
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!
Inson umrining eng beg‘ubor, baxtli xotiralari aks etadigan davri bolalikdir.
Siz, biz, barchamiz albatta o‘sha shirin bolalikka bir zum bo‘lsa-da qaytishni istaymiz. Bolaligimizni iliq xotiralar bilan eslaymiz. Bugun esa biz kattalar farzandlarimiz, kelajak avlodimiz uchun ham ana shunday shirin bolalik davrini yaratishimiz lozim.
Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egalari bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, ularga munosib ta’lim-tarbiya berish har bir ota-ona, har bir pedagog va ustozning, ya’ni barchamizning burchimizdir.
Bolalarni himoya qilish, ularning ta’lim olish samaradorligini oshirish va kamoloti uchun qulay muhit yaratishda tizimdagi har birimiz mas’ulmiz. Bu esa davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omillardan sanaladi.
Hurmatli ustozlarimizga yurt kelajagi, bolalarning ta’lim-tarbiyasidek mas’uliyatli va sharafli faoliyatida kuch-g‘ayrat tilaymiz.
Yurtimizdagi barcha bolajonlarni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy qutlaymiz!
Bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanib, ta’lim-tarbiya olishsin, doimo ota-onalari bag‘rida mehr va muhabbatga to‘yib ulg‘ayishsin. Davlat himoyasini har dam his etib, ko‘zlari doimo baxtdan yonib turishsin.
Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!