26/05/2026
Yer uchastkalaridan foydalanishda qonuniylik va shaffoflik ta'minlanmoqda
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Denov tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumandagi “M.M” tajriba stansiyasiga tegishli bo'lgan qishloq xo'jaligi xaritasining 29-dala konturidagi 43 ball bonitetli sug'oriladigan suvli ekin yer maydonidan fuqarolar M.R.I va I.B.X lar tomonidan o'zboshimchalik bilan 2 200.0 kv.metr egallab olib, 609.6 kv.metrdan iborat qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.
Keyinchalik, ushbu holat yuzasidan, fuqarolar M.R.I va I.B.X larga belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilib, noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati ham berilgan.
Eslatma, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229¹-moddasiga ko‘ra, sug'oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab, ularda qurilish ishlarini amalga oshirish - qonunga xilof harakat hisoblanadi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Bundan tashqari, Yer nazorati tadbirlari davomida tamagirlik yoki firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Unutmang, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni ga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.