«El-Yurt Umidi» Foundation for the Training of Prospective Personnel

«El-Yurt Umidi» Foundation for the Training of Prospective Personnel Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from «El-Yurt Umidi» Foundation for the Training of Prospective Personnel, Government Building, 30 Bobur Street, Tashkent.

26/05/2026



⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining suhbat bosqichi davom etmoqda.

Ushbu bosqichning asosiy maqsadi — nomzodlarning mustaqil fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy taraqqiyotiga erishgan jamiyat gʻoyalarini anglab yetish darajasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarga doir nazariy tayyorgarligi, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini baholashdan iboratdir.

Har bir nomzod davlat boshqaruvi tizimi mutaxassislari, akademik va ekspert hamjamiyati hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan tashkil topgan komissiya bilan individual suhbatdan oʻtmoqda. Ish yoki oʻqish tufayli xorijda boʻlib turgan nomzodlarga suhbatda onlayn tarzda ishtirok etish imkoniyati berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, tanlovdagi suhbat jarayonlari yozib olinib, onlayn translyatsiya qilinmoqda.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, shaxsga doir maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish subyektining roziligi bilan amalga oshiriladi. Yaʼni nomzodlarda “ovozsiz” yoki “ovozli” translyatsiyani tanlash imkoniyati mavjud.

 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi hamkorlik memorandumi imzoladiBatafsil 👇
26/05/2026



“El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi hamkorlik memorandumi imzoladi

Batafsil 👇

«Эл-юрт умиди» жамғармаси ва Туркия Олий таълим кенгаши (YÖK) ҳамкорлик тўғрисида меморандум имзолади.

 Oʻzbekistonning intellektual salohiyatini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqdaBatafsil 👇
26/05/2026



Oʻzbekistonning intellektual salohiyatini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Batafsil 👇

Ўзбекистон ва Туркия етакчиларининг ташаббуси билан икки давлат ўртасидаги муносабатлар сифат жиҳатидан янги босқич – стратегик шериклик ва кўп қиррали ҳамкорл....

25/05/2026



⚡️Texnologik diplomatiya va raqamli suverenitet sohasida yangi avlod rahbarlarini tayyorlashga yoʻnaltirilgan ilk global dasturlardan biri – “Tech Diplomacy Global Executive Program” (TDGEP) xalqaro dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Dastur shiddat bilan oʻzgarayotgan raqamli dunyoda qaror qabul qiladigan davlat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, texnologik kompaniyalar va korporativ sektorning yuqori martabali vakillariga moʻljallangan.

Dastur 6 oyga moʻljallangan boʻlib, u ikkita yuzma-yuz immersiv sessiya, 40 nafar xalqaro lider ishtiroki hamda individual yakuniy loyiha (capstone project) ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.

Oʻquv kursi doirasida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:
➖ global texnologik trendlarni hamda ularning xalqaro munosabatlar va milliy xavfsizlikka taʼsirini tahlil qilish;
➖ raqamli rivojlanish sohasida davlatning ustuvor yoʻnalishlari va strategiyalarini belgilash;
➖ texnologik kompaniyalar, innovatsion ekotizimlar va xalqaro platformalar bilan samarali hamkorlik oʻrnatish;
➖ texnologiyalar sohasida xalqaro standartlar, muzokara jarayonlari va global meʼyorlarni shakllantirishda ishtirok etish.

Dastur davlat organlari rahbarlari, diplomatik tuzilmalar, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, innovatsion siyosat va texnologiyalarni boshqarish sohalari vakillari uchun alohida ahamiyatga ega.

Batafsil 👉https://tdgi.org/tdgep/

25/05/2026



⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Turkiya Oliy taʼlim kengashi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) ikki mamlakat oʻrtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish, kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, ilmiy almashinuvlarni yoʻlga qoʻyish hamda qoʻshma taʼlim tashabbuslarini ishga tushirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hujjatning imzolanishi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining 2025-yil noyabr oyida Turkiyaga qilgan xizmat safari davomida oʻtkazilgan muzokaralarning amaliy natijasi boʻldi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailova hamda Turkiya Oliy taʼlim kengashi ijroiya kengashi aʼzosi, professor Erol Arcaklioğlu ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilarining tashabbusi bilan ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqich – strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi.

Batafsil 👉https://eyuf.uz/site/view?id=1358

  🌐 EYUF Global: Koreya Respublikasida taʼlim — stipendiatlar nigohida“El-yurt umidi” jamgʻarmasi “EYUF Global” media lo...
25/05/2026



🌐 EYUF Global: Koreya Respublikasida taʼlim — stipendiatlar nigohida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi “EYUF Global” media loyihasi doirasida dunyoning yetakchi universitetlari hamda Jamgʻarma stipendiatlari nigohi bilan xorijda taʼlim olishning oʻziga xosliklari haqidagi materiallar turkumini davom ettiradi.

Loyiha talabalarning shaxsiy tajribasi orqali nafaqat xorijiy OTMlarning akademik imkoniyatlarini, balki chet eldagi hayotning real jihatlarini — yangi muhitga moslashish, madaniy xususiyatlar, xorijiy tillarni oʻrganish, universitet tanlash va xalqaro taʼlim trayektoriyasini shakllantirish kabilarni koʻrsatib berishga qaratilgan.

Loyihaning navbatdagi soni bugungi k***a Osiyoda texnologiyalar, innovatsiyalar va zamonaviy taʼlimning muhim markazlaridan biriga aylanib borayotgan Koreya Respublikasidagi oʻqish va hayotga bagʻishlanadi.

Rolikda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Koreya universitetlaridagi taʼlim tajribasi bilan boʻlishadi, talabalik hayoti, taʼlim tizimining oʻziga xosliklari, mamlakat madaniyati hamda xalqaro akademik muhitda Oʻzbekiston yoshlari uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida soʻzlab beradi.

“EYUF Global” loyihasi taʼlim diplomatiyasini kengaytirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va Yangi Oʻzbekistonning inson kapitalini rivojlantirish siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.

Toʻliq video 👉

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi “EYUF Global” media loyihasi doirasida dunyoning yetakchi universitetlari hamda Jamgʻarma stipendiatlari nigohi bila...

Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati b...
25/05/2026

Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.

❗ E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv.

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.

Bugun yoshlar uchun:
➖207 ta oliy ta’lim muassasasi,
➖startaplar uchun 100 million dollar,
➖IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar,
➖tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor.

✅ Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.

🏅 Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.

Batafsil https://president.uz/oz/lists/view/9247

22/05/2026



⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari Shveysariyaning yirik taʼlim xoldinglaridan biri bilan muzokaralar oʻtkazdi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari Shveysariyaga xizmat safari doirasida mamlakatning yirik xalqaro taʼlim xoldinglaridan biri — “Benedict Education Group” rahbariyati bilan bir qator muzokaralar oʻtkazdi.

Xususan, 21-may kuni Jamgʻarma xodimlari Syurixdagi Biznes va mehmonxona boshqaruvi maktabi (B.H.M.S.) kampusiga tashrif buyurib, u yerdagi taʼlim infratuzilmasi, oʻquv dasturlari, talabalar yotoqxonalari hamda xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Benedict Foundation direktorlar kengashi aʼzosi, B.H.M.S. maktablarining marketing boʻyicha rahbari Maykl Vagentaller hamda savdo boʻyicha global muvofiqlashtiruvchi Uilton de Karvalyo bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash qaratilgan loyihalar va xalqaro taʼlim dasturlari, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish siyosati doirasida oʻzbekistonlik talaba va mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Tomonlar Jamgʻarma va B.H.M.S. oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash, oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun maqsadli stajirovka va boshqa taʼlim dasturlarini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻzgarishi va turizm sohasining rivojlanishi sharoitida talab yuqori boʻlgan yetakchilik, biznes boshqaruvi, mehmondoʻstlik, IT, raqamli marketing, iqtisodiyot va servis kabi yoʻnalishlardagi dasturlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot uchun: Benedict Education Groupga 1928-yilda doktor Gaston Benedikt tomonidan asos solingan. Bugungi k***a guruh tarkibiga Shveysariyaning turli shaharlaridagi 8 ta kampus kiradi va ularda har yili dunyoning turli burchaklaridan 15 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida Oʻzbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha umummilliy h...
22/05/2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida Oʻzbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha umummilliy harakatga start berish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari bugun dunyo shiddat bilan oʻzgarayotgani, raqamli texnologiyalar, zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellekt hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganini taʼkidladi. Bunday murakkab sharoitda insonning mustaqil fikrlay olishi eng katta ustunlik ekani qayd etildi.

– Kitob oʻqiydigan odam teran va sogʻlom fikrlaydi. Bunday tafakkurga ega inson esa jamiyatni oʻzgartira oladi, – dedi Prezident.

  Yetakchi xorijiy OAV “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va The Hong Kong University of Science and Technology oʻrtasidagi ham...
22/05/2026



Yetakchi xorijiy OAV “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va The Hong Kong University of Science and Technology oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanayotgani haqida xabar berdi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan Osiyoning yetakchi texnologiya universitetlaridan biri – HKUST oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi xorijiy medialarda keng rezonansga sabab boʻldi va Gonkong hamda Xitoyning bir qator yirik ommaviy axborot vositalarida yoritildi.

The Standard, RTHK News, Mirage News kabi nashrlar, shuningdek, Xitoyning yetakchi mediaplatformalari – Wen Wei Po, Ta Kung Wen Wei va Hong Kong Commercial Daily hamkorlikning rivojlanishi, oʻzbekistonlik yoshlar uchun yangi taʼlim tashabbuslari, davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturlari yoʻlga qoʻyilayotgani haqida xabar berdi.

Nashrlarda xalqaro universitetlarning bugungi k***a Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan taʼlim va intellektual bozorlardan biri sifatida qaralayotgan Oʻzbekistonga qiziqishi ortib borayotgani taʼkidlangan.

Xorijiy OAV hamkorlik anʼanaviy akademik almashinuvlar doirasidan ancha keng ekaniga alohida eʼtibor qaratdi. Gap sunʼiy intellekt va muhandislikdan tortib, raqamli boshqaruv va kiberxavfsizlikkacha boʻlgan strategik sohalarda kadrlar tayyorlashning uzoq muddatli mexanizmlarini shakllantirish haqida bormoqda.

Bir qator materiallarda HKUSTga Oʻzbekistondan kelib tushayotgan arizalar soni ortgani va oʻzbekistonlik yoshlarning Osiyo universitetlariga, ayniqsa, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va tadqiqotlar sohasiga qiziqishi kuchayib borayotgani ham qayd etilgan.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, bunday loyihalar kengroq tendensiyani aks ettiradi: Oʻzbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ochiqlik va inson kapitalini rivojlantirish siyosati doirasida xalqaro akademik hamkorlikni izchil kuchaytirib, Markaziy Osiyo bilan Osiyo oʻrtasida yangi intellektual koʻpriklar qurmoqda.

Address

30 Bobur Street
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when «El-Yurt Umidi» Foundation for the Training of Prospective Personnel posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share