Elektromagnit moslashuv markazi

Elektromagnit moslashuv markazi O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Elektromagnit moslashuv markazining rasmiy sahifasi

Основными задачами Центра электромагнитной совместимости являются:
1) выполнение функций радиочастотного органа.
2) присвоение и учет рабочих радиочастот и позывных сигналов РЭС и ВЧУ гражданского назначения на территории Республики Узбекистан.
3) радиомониторинг радиочастотного спектра на территории Республики Узбекистаню.
4) обеспечение электромагнитной совместимости при распределении и присвое

нии радиочастот.
5) устранение радиопомех радиоэлектронным средствам.
6) ведение и постоянное совершенствование систем автоматизированной базы данных радиочастотных присвоений и расчетов электромагнитной совместимости.
7) контроль за выполнением Решений РСРЧ со стороны пользователей радиочастотного спектра.
8) реализация норм международного права резолюций и рекомендаций Международного союза электросвязи и других международных организаций в области использования радиочастотного спектра.

🌈1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!Aziz bolajonlar!Sizlar — Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi, har bir o...
01/06/2026

🌈1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Aziz bolajonlar!

Sizlar — Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi, har bir oilaning quvonchi va yurtimizning eng katta boyligisiz.

Bugungi k***a mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, o‘z iqtidori va salohiyatini erkin namoyon etishi, zamonaviy sharoitlarda ulg‘ayishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Sizlarning quvnoq kulgingiz, beg‘ubor orzularingiz va yutuqlaringiz kuch va ilhom bag‘ishlaydi. Farovon va tinch yurtda bolalikning baxtli onlarini surayotganingizni ko‘rish — eng katta saodatdir.

Kelajakda ilmli, tashabbuskor, Vatanga sadoqatli hamda yurt ravnaqiga hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishingizga ishonamiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Andijon viloyati  bojxona boshqarmasi “Xonobod” chegara bojxona postida noqonuniy radioelektron vositalari olib kirilish...
25/05/2026

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Xonobod” chegara bojxona postida noqonuniy radioelektron vositalari olib kirilishi to‘xtatildi

2026-yil 7-may kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi A.S. ga tegishli bo‘lgan “TOYOTA LAND CRUISER 200” rusumli avtotransporti bojxona nazoratidan o‘tkazilganda jami 5 (besh) dona “BAOFENG UV-5R” rusumli radioelektron vositalari aniqlangan va fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, vaqtincha saqlovga olingan. Mazkur REVlar 2026-yil 19-may kuni Andijon viloyati EMMXga texnik ekspertiza xulosasini olish uchun taqdim qilindi.

Xizmat tomonidan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va xulosalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

Elektromagnit moslashuv markazida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xodimlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziq...
25/05/2026

Elektromagnit moslashuv markazida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xodimlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.

Yarmarka “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda badiiy, ilmiy-ommabop, jahon adabiyoti, bolalar ensiklopediyalari hamda sohaga oid turli adabiyotlar namoyish etildi. Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

An'anaga muvofiq, xodimlar tomonidan xayriya maqsadida imkoniyati cheklangan bolalar uchun qiziqarli kitoblar xarid qilinib mehr-muruvvat qutisiga joylandi.

✅Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qu...
25/05/2026

✅Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan radiomonitoring ishlari amalga oshirildi.

🔎Jumladan, Nukus shahrida Elektromagnit moslashuv xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 5 ta “BAOFENG” rusumli ratsiya qurilmalari ruxsatnomasiz ishlatilayotganligi aniqlanib, ulardan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi.

Yoshlar kuni munosabati bilan Elektromagnit moslashuv markaziga Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari tashri...
25/05/2026

Yoshlar kuni munosabati bilan Elektromagnit moslashuv markaziga Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari tashrif buyurdi

Tashrif davomida talabalarga markaz faoliyati, zamonaviy radioelektron qurilmalar hamda elektromagnit moslashuv yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar markazdagi texnik imkoniyatlar, radiomonitoring jarayonlari va maxsus uskunalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida yoshlarni ilm-fan va innovatsion texnologiyalarga qiziqtirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif talabalarda soha faoliyati haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilish bilan birga, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba vazifasini o‘tadi.

▫️Andijon viloyati EMMX tomonidan Andijon shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildiO‘tkazilgan monitor...
25/05/2026

▫️Andijon viloyati EMMX tomonidan Andijon shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar, “Uyg‘urobod” MFY, Uyg‘urobod ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Y. radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanilayotganligi holati aniqlandi.

Andijon shahar IIB boshqarmasi xodimi tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

▪️2026-yil 19-20 may kunlari Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari hamda Huquq tartibot organlari ...
25/05/2026

▪️2026-yil 19-20 may kunlari Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari hamda Huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda Namangan shahar, Davlatobod tumani hududida radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanishlarni oldini olish maqsadida tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida Namangan shahar, Davlatobod tumani hududidagi ko'p qavatli turar joy qurilish maydonlarida noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalar (ratsiyalar) aniqlandi.

Ushbu aniqlangan radioelektron vositalar yuzasidan Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan texnik ekspertiza xulosalari berilib, qonunchilikka muvofiq, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilishi uchun hujjatlar Namangan shahar, Davlatobod tumani IIB JXX profilaktika inspektorlariga topshirildi.

2026-yil 18–19-may kunlari Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonning yerusti radioxizmatlari stansiya...
25/05/2026

2026-yil 18–19-may kunlari Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonning yerusti radioxizmatlari stansiyalariga chastota biriktirishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha ekspert guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chegaraoldi hududlarda radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Yigʻilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi, EMMM, UNICON.UZ, Turkmaniston Aloqa vazirligi hamda ikki mamlakatning radiochastotalarni tartibga solish boʻyicha mutaxassislari va tegishli tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida tomonlar 2000-yildan buyon amal qilib kelayotgan radiochastotalarni muvofiqlashtirish boʻyicha hukumatlararo Bitimni qayta koʻrib chiqish masalalarini muhokama qildi.

Joriy yilning 12-13-may kunlari Elektromagnit moslashuv markazi mutaxassislari Tojikiston Respublikasi hukumati huzurida...
25/05/2026

Joriy yilning 12-13-may kunlari Elektromagnit moslashuv markazi mutaxassislari Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Aloqa xizmati taklifiga binoan Tojikiston Respublikasining chegaraoldi hududlari bo‘ylab mobil aloqa maydoni kuchlanganlik darajalarining elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qo‘shma texnik o‘lchovlar o‘tkazdilar.

Birgalikda o‘tkazilgan o‘lchov ishlari doirasida 2300 MGs diapazondagi radiochastota spektri monitoringi amalga oshirildi, shuningdek, Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida o‘zaro kirib boruvchi mobil aloqa signallari manbalari o‘lchandi va aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijalariga ko‘ra, mobil aloqa tarmoqlarining texnik parametrlari amalga oshirildi va kelishildi hamda Tojikiston Respublikasining chegara hududlarida, xususan Tursunzoda, Shahrinav va Hisor shaharlarida mobil aloqa signallarini minimallashtirish bo‘yicha qo‘shma yechimlar tayyorlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida seminar o‘tkazildiJoriy yilning 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respubl...
25/05/2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 1 toifali muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar tomonidan bojxona chegaralari orqali chet davlatlardan radioelektron vositalarni noqonuniy ravishda olib kirilishini oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda uchraydigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Address

Улица Фаргона йули 15, Яшнабадский район
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712306145

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Elektromagnit moslashuv markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Elektromagnit moslashuv markazi:

Share