O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi The Central Election Commission of Uzbekistan is the state body responsible for organizing and conducting elections at all levels in Uzbekistan.

🌙🌷 AYYOMLARINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!Barcha yurtdoshlarimizni shu kunlarda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z a...
20/03/2026

🌙🌷 AYYOMLARINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Barcha yurtdoshlarimizni shu kunlarda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz.

Ramazon hayiti – ulug‘ bayram. Shuning uchun bunday ulug‘ ayyom kunlari yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.

Mehr-muruvvat va sadaqaning esa katta-kichigi bo‘lmaydi. Tabarruk kitoblarimizda yozilganidek: “Birodaringning yuziga tabassum bilan qarashing sadaqadir, yaxshilikka buyurishing sadaqadir, yomonlikdan qaytarishing sadaqadir, yo‘ldan adashgan kishini to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yishing sadaqadir, ko‘zi ojiz kishiga yordam berishing sadaqadir, yo‘l ustida yotgan tosh, tikan yoki suyakni olib tashlashing sadaqadir, chelagingdagi suvdan birodaringning chelagiga quyib berishing sadaqadir”.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining "Vatan va xalq haqida o‘ylar" kitobida alohida ta’kidlaganlaridek, “Hayot bor ekan, jaholat ham, ma’naviy tahdidlar ham bo‘lishi tabiiy. Ammo eng xatarlisi - yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir”.

Rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda yurtdoshlarimizning Vatanmiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada mustahkamlanib, ezgu qadriyatlarga e’tibori yanada oshmoqda.

Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani ushbu ayyomlarning fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.

Donishmand xalqimiz topib aytganidek, yilning qanday kelishi bahoridan bilinadi. O‘tayotgan kunlarga razm solsak, joriy yilimiz ham xayrli va barokatli bo‘ladi. Yomg‘irli va oftobli kunlarning mutanosib ravishda yonma-yon kelayotgani yurtdoshlarimizning bayramona kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlamoqda.

Xalqimiz bahor shodiyonalarini bu yil “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruh va ezgu orzular bilan keng nishonlamoqda.

Zero, Navro‘z yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan, jamiyatda inson qadrini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan suyukli bayramdir.

Ushbu muborak kunlarda Yaratgandan, eng avvalo, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, mustahkam sihat-salomatlik, barchangizga oilaviy baxt, uzoq umr, o‘qish va ishlaringizga ravnaq ato etishini tilaymiz.

Ayyomlaringiz muborak bo‘lsin!

✅ Markaziy saylov komissiyasi

🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum jarayonlari kuzatuvida ishtirok ...
16/03/2026

🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum jarayonlari kuzatuvida ishtirok etdi

💬 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya 2026-yilning 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi yangi Konstitutsiyasi loyihasi bo‘yicha respublika referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.

🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin)
https://saylov.uz/oz/press_service_in/o-zbekiston-delegatsiyasi-qozog-istonda-bo-lib-o-tgan-konstitutsiyaviy-referendum-jarayonlari-kuzatuvida-ishtirok-etdi

Ўзбек (кирилл)
https://saylov.uz/uz/press_service_in/o-zbekiston-delegatsiyasi-qozog-istonda-bo-lib-o-tgan-konstitutsiyaviy-referendum-jarayonlari-kuzatuvida-ishtirok-etdi

Русский
https://saylov.uz/ru/press_service_in/o-zbekiston-delegatsiyasi-qozog-istonda-bo-lib-o-tgan-konstitutsiyaviy-referendum-jarayonlari-kuzatuvida-ishtirok-etdi

Saylov.uz

💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!Muhtarama onaxonlar!Qadrli opa-singillar!Sizlarni go‘zal va betakror Vatanimizga bahor nafa...
08/03/2026

💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Muhtarama onaxonlar!
Qadrli opa-singillar!

Sizlarni go‘zal va betakror Vatanimizga bahor nafasi kirib kelgan ushbu farahli kunlarda ezgulik, go‘zallik va oilaviy qadriyatlar bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan, samimiy muborakbod etishdan g‘oyat mamnunmiz!

Bu bayram buvilarimizga, onalarimizga, opa-singillarimizga, qizlarimizga mehr-muruvvatimizni yanada oshiradigan, ularning sha’niga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmat-ehtiromimizni izhor etadigan quvonchli ayyomdir.

Ushbu bayramning Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani uning qadrini yanada oshiradi. Ana shu muqaddas oy —  Ramazoni sharif ham barchamizga muborak bo‘lsin.

Bugungi k***a hurmatli ayollarimiz barcha soha va tarmoqlarda, jumladan, milliy saylov tizimda Vatanimizning jadal taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shayotganini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini, xususan saylov huquqini ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilgan.

Jumladan, Parlamentlararo ittifoqning yaqinda Jenevada bo‘lib o‘tgan 151-sessiyasida O‘zbekiston parlamentlarning quyi palatalarida xotin-qizlar faolligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egallagani qayd etildi. 

Ushbu raqamlar zamirida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash avvalo aziz va mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi degan ezgu tamoyil asosida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli buyuk islohotlarning ulkan samaralari mujassamdir.

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Barchangizga avvalo, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va uzoq umr tilaymiz. Hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayzu baraka arimasin. Go‘zal Vatanimizning ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda hamisha yuksak muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Saylov.uz

🇺🇿 Markaziy saylov komissiyasi vakillari xalqaro forumda ishtirok etdilar💬 Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z. Nizamxod...
20/02/2026

🇺🇿 Markaziy saylov komissiyasi vakillari xalqaro forumda ishtirok etdilar

💬 Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 18-20-fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Saylov va referendum institutiga ishonchni shakllantirish: xalqaro kuzatuvning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi tadbirlar dasturida onlayn formatda ishtirok etdi.

🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin)
https://saylov.uz/oz/press_service_in/markaziy-saylov-komissiyasi-vakillari-xalqaro-forumda-ishtirok-etdilar

Ўзбек (кирилл)
https://saylov.uz/uz/press_service_in/markaziy-saylov-komissiyasi-vakillari-xalqaro-forumda-ishtirok-etdilar

Русский
https://saylov.uz/ru/press_service_in/markaziy-saylov-komissiyasi-vakillari-xalqaro-forumda-ishtirok-etdilar

Saylov.uz

🇺🇿 🇧🇩 O‘zbekiston Respublikasi MSK delegatsiyasi Bangladesh Xalq Respublikasida o‘tkazilgan parlament saylovlari va refe...
13/02/2026

🇺🇿 🇧🇩 O‘zbekiston Respublikasi MSK delegatsiyasi Bangladesh Xalq Respublikasida o‘tkazilgan parlament saylovlari va referendumda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

💬 Bangladesh Xalq Respublikasi Saylov komissiyasining taklifiga ko‘ra, MSK raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiyasi 2026-yilning 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari parlament saylovlari hamda konstitutsiyaviy referendumida xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.

🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin)
https://saylov.uz/oz/press_service_in/o-zbekiston-respublikasi-msk-delegatsiyasi-bangladesh-xalq-respublikasida-o-tkazilgan-parlament-saylovlari-va-referendumda-kuzatuvchi-sifatida-ishtirok-etdi

Ўзбек (кирилл
https://saylov.uz/uz/press_service_in/o-zbekiston-respublikasi-msk-delegatsiyasi-bangladesh-xalq-respublikasida-o-tkazilgan-parlament-saylovlari-va-referendumda-kuzatuvchi-sifatida-ishtirok-etdi

Русский
https://saylov.uz/ru/press_service_in/o-zbekiston-respublikasi-msk-delegatsiyasi-bangladesh-xalq-respublikasida-o-tkazilgan-parlament-saylovlari-va-referendumda-kuzatuvchi-sifatida-ishtirok-etdi

Saylov.uz

✅ O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida saylov sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda💬 2026-yilning 3-fevral kuni Banglade...
03/02/2026

✅ O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida saylov sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

💬 2026-yilning 3-fevral kuni Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayevning Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M.M. Islom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🌀 Batafsil:

https://saylov.uz/oz/press_service_in/o-zbekiston-va-bangladesh-o-rtasida-saylov-sohasidagi-hamkorlik-mustahkamlanmoqda

🌎 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etdiHindiston Saylo...
25/01/2026

🌎 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Hindiston Saylov komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 21-23-yanvar kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Demokratiya va saylovlarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

🌀 Batafsil:
Oʻzbek (lotin)
https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Markaziy-saylov-komissiyasi-delegatsiyasi-xalqaro-konferensiyada-ishtirok-etdi-01-25

Ўзбек (кирилл)
https://telegra.ph/%D0%8Ezbekiston-Respublikasi-Markazij-sajlov-komissiyasi-delegaciyasi-hal%D2%9Baro-konferenciyada-ishtirok-ehtdi-01-25

Русский
https://telegra.ph/Delegaciya-CIK-Respubliki-Uzbekistan-prinyala-uchastie-v-mezhdunarodnoj-konferencii-01-25

Saylov.uz

17/01/2026

✅ Markaziy saylov komissiyasi faoliyati: Sarhisob-2025

Saylov.uz

🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniMarkaziy saylov komissiyasi jamoasi Vatanimizni himoya qilishdek ezgu ishga o‘z ha...
14/01/2026

🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Vatanimizni himoya qilishdek ezgu ishga o‘z hayoti va shijoatini bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va mustaqilligimizni himoya qilishdek sharafli burchni o‘z zimmasiga olgan mard va jasur o‘g‘lonlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzidir.

Vatan himoyachilari — bu fidoyilik, sadoqat va mas’uliyat timsolidir. Ularning sa’y-harakatlari tufayli yurtimizda tinchlik barqaror, kelajagimiz porloqdir.

Barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar va yurt himoyasi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy farovonlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Saylov.uz

🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!Aziz vatandoshlar!Muhtaram saylovchilar!Sizlarni kirib kelgan Yangi 2026-yil – Mahallani...
31/12/2025

🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Aziz vatandoshlar!
Muhtaram saylovchilar!

Sizlarni kirib kelgan Yangi 2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili bayrami bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz.

Xalqimiz yuksak muvaffaqiyatlar bilan yakunlayotgan yilda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar samarasida jonajon O‘zbekistonimizning qudrati va nufuzi har tomonlama yanada yuksaldi.

Avvalo, Vatanimizdan tinchlik-osoyishtalik, ahil-inoqlik va farovonlik, barcha yurtdoshlarimizning hayotidan, xonadonidan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin! Yangi yilda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va omadlar tilashdan mamnunmiz!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

✅ O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi

Saylov.uz

 ❓SAVOL: Kimlar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi?✅ JAVOB:Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lga...
30/12/2025



❓SAVOL: Kimlar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi?

✅ JAVOB:
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxatlari Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha axborot tizimi ma’lumotlari asosida tuziladi.

Saylov.uz

 Saylov jarayonlariga oid qiziqarli ma’lumotlar.✈️ Nega AQShda saylov seshanba kuni o‘tkaziladi?✈️ AQSh saylov tiziminin...
26/12/2025



Saylov jarayonlariga oid qiziqarli ma’lumotlar.

✈️ Nega AQShda saylov seshanba kuni o‘tkaziladi?

✈️ AQSh saylov tizimining noodatiy hodisalaridan yana bir saylovlar dam olish kuni emas, balki ish kunida – seshanba kuni o‘tkazilishi hisoblanadi. Buning tarixiy sabablari bor. AQShda ilk saylovlar joriy qilingan vaqtlarda yakshanba kunlari diniy marosimlar tashkillashtirilgan. Chorshanba kuni esa katta yarmarka va savdo sotiq kuni hisoblangan. Shu sababli mahalliy fermerlar saylovda ishtirok etishlari uchun dushanba kuni yo‘lga chiqishgan va seshanba ovoz berishda ishtirok etgan. Ushbu an’ana o‘z dolzarbligini yo‘qotgan bo‘lsa-da hali hanuz odat sifatida saqlanib kelinmoqda.

Saylov.uz

Address

Тўйтепа кўчаси 2а уй
Tashkent
100163

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:

Share