Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Amir Temur ko’chasi, “Shahidlar xotirasi” maydoni, Tashkent.

📢Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli – mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun talabgorlar...
20/05/2026

📢Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli – mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun talabgorlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi:
07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi
07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (Tarix fanlari)
17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash” (San’atshunoslik fanlari)
⚡️ZOOM video dasturi bo'yicha ulanish havolasi: https://us05web.zoom.us/launch/jc/83554062379
⚡️Suhbat bildirgisi: 835 5406 2379
⚡️Kirish o'roni: 2026
📞Murojaat uchun:+998 97 731 48 84 – Mashhura Darmonova

XALQARO MUZEYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KO‘RGAZMA OCHILDI💠18-may kuni dunyoning 150 ga yaqin davlatida “Xalqaro muzeylar ...
18/05/2026

XALQARO MUZEYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KO‘RGAZMA OCHILDI

💠18-may kuni dunyoning 150 ga yaqin davlatida “Xalqaro muzeylar kuni” keng nishonlanadi. Ushbu sana zamonaviy muzeylarning tarixiy-madaniy merosni asrash, uni keng jamoatchilikka yetkazish hamda ilmiy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini namoyon etadi.

💠Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hamda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida “Sindirilgan qalam, uzulgan tor. 1940–1950-yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlari” nomli foto, kartina va ashyo ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💠Mazkur ko‘rgazma orqali 1940–1950-yillardagi siyosiy qatag‘on davrining ayanchli manzaralari, millat ravnaqi yo‘lida kurash olib borgan taraqqiyparvar va millatparvar ajdodlarimizning murakkab hayot yo‘llari yoritib berildi. Ekspozitsiyadan o‘sha davr ruhini aks ettiruvchi kartinalar, tarixiy suratlar, hujjatlar hamda noyob ashyo va buyumlar o‘rin oldi.

💠Ko‘rgazmani muzey direktori, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov hamda qatag‘on siyosatidan jabrlangan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning qizi Nodira Husanxo‘jayeva kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

💠Shundan so‘ng ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi a’zolari, O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari, qatag‘on qurbonlarining avlodlari, O‘zR MV Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining professor-o‘qituvchilari hamda kursantlari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, “Alfraganus universiteti” hamda “Oriental universiteti” nodavlat oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar tarixning og‘riqli sahifalarini yodga soluvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

💠O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Alohida namunali-ko‘rgazmali harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar marosimga yanada ko‘tarinki va bayramona ruh bag‘ishladi.

💫Ko‘rgazma 2026-yil 25-mayga qadar davom etadi.

, ,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyid...
15/05/2026

💠2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Obidjon Mahmudov tavalludining 155 yilligiga bag‘ishlangan “Obidjon Mahmudov – saxiy tadbirkor, taraqqiyparvar jadid va publitsist” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

💠Mazkur anjuman Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hamda Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida o‘tkazildi.

💠Anjumanni muzey direktori, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida tarix fanlari doktori, professor Dilorom Alimova hamda Obidjon Mahmudov avlodi, CYBER universiteti prorektori Alisher Abidjanov tomonidan qutlov so‘zlari bildirildi.

💠Anjumanda jadidchilik harakati, Turkiston milliy matbuoti, milliy davlatchilik g‘oyalari hamda Obidjon Mahmudovning ilmiy-ma’rifiy merosi yuzasidan muhim ilmiy fikr va tahlillar ilgari surildi.

💠Tadbirda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, muzey va arxiv muassasalari vakillari, tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

💠Anjuman milliy uyg‘onish davri merosini chuqur o‘rganish, jadidlar faoliyatini keng targ‘ib etish va tarixiy xotirani asrash yo‘lidagi muhim ilmiy maydon bo‘ldi.

, ,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠 2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy da...
12/05/2026

💠 2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.05/2025.27.12.Tar.07.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash yig‘ilishida talabgor — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining katta ilmiy xodimasi Darmonova Mashxuroxon Adiljon qizining “O‘zbekistonda qatag‘on siyosati tarixining manbashunosligi va muzeylashtirish tamoyillari (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr)” mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

💠Muhokamalar davomida dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, manbashunoslik tahlillari, qatag‘on siyosati tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati hamda muzeylashtirish tamoyillariga oid masalalar yuzasidan keng fikr almashildi.

💠Tadbirda soha olimlari, tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠Oliy sudda muayyan sabablarga ko‘ra shu vaqtgacha reabilitatsiya qilinmagan qatag‘on qurbonlarining nomlarini oqlash ha...
06/05/2026

💠Oliy sudda muayyan sabablarga ko‘ra shu vaqtgacha reabilitatsiya qilinmagan qatag‘on qurbonlarining nomlarini oqlash hamda ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.

💠 Kuni kecha Oliy sudga Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi huzuridagi Farg‘ona maxsus bo‘limi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi huzuridagi Uchlik kengashining 1920–1934 yillardagi qarorlariga ko‘ra bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berganlikda, qurolli to‘da tuzganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon va aksilinqilobiy harakatlarda ishtirok etganlikda ayblangan bir guruh vatandoshlarimizga oid jinoyat ishlari kelib tushdi va Ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

💠2026-yil 6-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi tomonidan oqlov hukmlari chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠2026-yil 6-may kuni "TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun O‘zbekiston...
06/05/2026

💠2026-yil 6-may kuni "TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

💠 Tashrif davomida muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Hasanov Baxtiyor Vaxapovich ishtirokchilarga qatag‘on davri tarixi, uning xalqimiz taqdiridagi og‘ir izlari hamda tarixiy xotirani asrashning bugungi kundagi ahamiyati haqida mazmunli ma’ruza qildi. Ma’ruza jarayonida professor tomonidan qatag‘on yillarida yuz bergan fojeali voqealar, milliy ziyolilarimizning hayoti va faoliyati, ularning ilm-fan hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

💠Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid maxsus video rolik namoyish etilib, unda qatag‘on qurbonlarining hayot yo‘li, tarixiy hujjatlar va arxiv materiallari asosida tayyorlangan lavhalar katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida...
05/05/2026

💠2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Memorandumlar kuni” bo‘lib o‘tdi.

💠Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

💠Mazkur tadbir doirasida muzey bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan alohida memorandumlar imzolandi.

💠Ushbu kelishuvlar tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va ma’rifat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💠Tadbirni muzey direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Murod Zikrullayev olib bordi. Unda muzey direktori Baxtiyor Hasanov, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimova hamda malaka oshirish tarmoq markazi direktori Jamila Abdug‘aniyeva ishtirok etib, hamkorlikning istiqbollari va ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠2026-yil 4-may kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda O‘zbekiston “O‘zbek ...
04/05/2026

💠2026-yil 4-may kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda O‘zbekiston “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

💠Tadbirni muzey direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Murod Zikrullayev olib bordi. Unda muzey direktori Baxtiyor Xasanov, federatsiya raisi Usmanov Po‘lat Akramovich hamda rais o‘rinbosari Aziz Jo‘raboyev so‘zga chiqdi.

💠Hamkorlik doirasida yoshlar uchun muzeyga tashriflar tashkil etish, milliy sportni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish hamda madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

💠Kelishuv tomonlar o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💠2026-yil 30-aprel kuni Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Toshkent davlat transport universiteti talabalari i...
01/05/2026

💠2026-yil 30-aprel kuni Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Toshkent davlat transport universiteti talabalari ishtirokida “Yurt va millat fidoyilari yoddan chiqmaslar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💠Tadbir avvalida ishtirokchilar “Shahidlar xotirasi” xiyobonida ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shundan so‘ng, muzey ekspozitsiyasi bo‘ylab o‘tkazilgan ekskursiya davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

💠Muzeydagi noyob eksponatlar va tarixiy manbalar yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

💠Tadbirning davomi konferens-zalda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot bilan davom etdi. Unda jadidlarning ilm-fan, ta’lim, milliy iqtisodiyot va transport sohasini rivojlantirishga qaratilgan ezgu g‘oyalari alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

💫Turkiya Respublikasi delegatsiyasining muzeyga tashrifi💠2026-yil 27-aprel kuni Turkiya Respublikasi delegatsiyasi vakil...
28/04/2026

💫Turkiya Respublikasi delegatsiyasining muzeyga tashrifi

💠2026-yil 27-aprel kuni Turkiya Respublikasi delegatsiyasi vakillari — Sofiya Chardakchi, Sibel Chirag‘, Mine Ulutash hamda Gurjan Jabbar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

💠Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

💠Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga muzey ekspozitsiyasi bo’limi boshlig‘i Ahrarova Azizaxon Nigmanovna tomonidan muzeyning asosiy ekspozitsiyalari batafsil tanishtirildi. Mehmonlarga qatag‘on davrining murakkab tarixiy jarayonlari, ushbu davr qurbonlarining hayoti va taqdiri, shuningdek, ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-ma’rifiy ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

💠Shuningdek, tashrif chog‘ida muzey fondlarida saqlanayotgan noyob arxiv materiallari, hujjatlar va ekspozitsiyalar orqali qatag‘on davri tarixining muhim jihatlari yoritib berildi.

💠Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari muzey faoliyati bilan yaqindan tanishganliklarini yuqori baholab, tarixiy xotirani asrash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!✅
📌https://www.facebook.com/museumRepression
📌http://www.muzey-xotira.uz
📌http://www.instagram.com/muzeyxotira
📌https://t.me/xotira_muzeyi

Address

Amir Temur Ko’chasi, “Shahidlar Xotirasi” Maydoni
Tashkent
100184

Opening Hours

Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 21:00
Friday 09:00 - 21:00
Saturday 09:00 - 17:00
Sunday 09:00 - 15:00

Telephone

+998555153715

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi:

Share