Toshkent Shahar hokimligi/Хокимият города Ташкента

Toshkent Shahar hokimligi/Хокимият города Ташкента 1) 71 210-03-35, 71 210-03-36 – Девонхона;
2) 71 210-01-79 – Ҳоким қабулига ёзилиш;
3) 71 210-01-63 – Матбуот хизмати.

30/05/2026
26/05/2026

Kecha minglab bitiruvchilar uchun unutilmas kun bo‘ldi

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi minglab bitiruvchilarni birlashtirgan eng yorqin va emotsiyalarga boy manzillardan biriga aylandi.

Yorqin sahna chiroqlari, sevimli san’atkorlar chiqishlari, trenddagi qo‘shiqlar va minglab yoshlarning quvonchi bu oqshomni chinakam unutilmas lahzaga aylantirdi.

Minglab yoshlarning orzulari, hayajoni va quvonchi jam bo‘lgan gala-konsertning eng yorqin lahzalarini videorolik orqali ko‘rishingiz mumkin.



Вчера для тысяч выпускников прошёл незабываемый день

Олимпийский городок в Ташкенте стал одной из самых ярких и эмоциональных площадок, объединивших тысячи выпускников.

Яркие сценические огни, выступления любимых артистов, популярные песни и радость тысяч молодых людей превратили этот вечер в по-настоящему незабываемое событие.

Самые яркие моменты гала-концерта, наполненного мечтами, волнением и радостью выпускников, можно увидеть в нашем видеоролике.

25/05/2026

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi Xitoy OAVlari e’tiborida

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi hokimlik delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi Xitoy axborot maydonida keng yotirib borilmoqda.

Xitoyning yirik media platformalaridan biri — Sohu'da Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi ishtirokidagi uchrashuvlar va ikki tomonlama muloqotlarga bag‘ishlangan videomaterial e’lon qilindi. (https://m.sohu.com/a/1027050324_121443915?scm=10001.325_13-325_13.0.0-0-0-0-0.5_1334)

Mazkur yorituv Toshkent va Xitoy shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini, shuningdek, shaharsozlik, infratuzilma, iqtisodiy hamkorlik va tajriba almashish yo‘nalishlaridagi muloqotlar xalqaro axborot maydonida ham e’tibor qozonayotganini ko‘rsatadi.



Визит делегации хокимията города Ташкента в Китайскую Народную Республику — в фокусе внимания китайских СМИ

Практический визит делегации хокимията города Ташкента во главе с хокимом столицы Шавкатом Умурзаковым в Китайскую Народную Республику широко освещается в информационном пространстве Китая.

На одной из крупных китайских медиаплатформ — Sohu — опубликован видеоматериал, посвящённый встречам и двусторонним переговорам с участием делегации хокимията города Ташкента.

Данное освещение свидетельствует о растущем интересе к развитию сотрудничества между Ташкентом и городами Китая, а также о том, что диалог в сферах градостроительства, инфраструктуры, экономического взаимодействия и обмена опытом привлекает внимание и на международном информационном поле.

25/05/2026

Poytaxt obodonlashtirish tizimi uchun yangi elektromotosikllar topshirildi

Ochiq va yopiq kabinali yangi texnikalar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarga biriktirildi. Ular hududlarda tezkor harakatlanish, nazorat va tozalik ishlarini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi.

Yangi elektromotosikllar bir quvvat bilan 50–60 kilometrgacha harakatlana oladi. Kabinali turlari qish mavsumiga, ochiq modellari esa yozgi mavsumga mos keladi.

Jami:
— 100 ta kabinali;
— 52 ta ochiq turdagi elektromotosikllar topshirildi.

Yangi texnikalarni topshirish jarayoni videoda



В Ташкенте системе благоустройства передали новые электромотоциклы

Новая техника с открытыми и закрытыми кабинами была закреплена за организациями системы Главного управления благоустройства. Она поможет эффективнее организовать оперативное передвижение, контроль и работы по уборке на территориях.

Новые электромотоциклы могут проехать до 50–60 километров на одном заряде. Модели с кабиной подходят для зимнего сезона, а открытые модели — для летнего.

Всего передано:
— 100 единиц с кабиной;
— 52 электромотоцикла открытого типа.

Процесс передачи новой техники — в видео

24/05/2026

🔹 Toshkentda “Bitcoin Pizza Fest 2026” festivali bo‘lib o‘tmoqda

23–24-may kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan “O‘zbekiston ovozi” turizm ko‘chasida “Bitcoin Pizza Fest 2026” zamonaviy festivali tashkil etilmoqda.

Festival texnologiyalar, musiqa, gastronomiya va zamonaviy shahar madaniyatini yagona maydonda uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Tadbir Bitcoin Pizza Day tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, 2010-yilda dasturchi Laslo Hanets tomonidan ikki dona pitsa bitcoin orqali xarid qilingani raqamli iqtisodiyot rivojidagi ramziy voqealardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Festival mehmonlari uchun DJ-setlar, musiqiy chiqishlar, gastronomik zonalar, interaktiv maydonchalar hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchilar festival hududidagi faolliklarda erkin ishtirok etishlari, maxsus aksiyalar va sovrinli o‘yinlarda qatnashishlari mumkin.

Shuningdek, tadbir doirasida amaldagi qonunchilik talablari asosida va litsenziyalangan xizmatlar orqali zamonaviy raqamli to‘lov imkoniyatlari namoyish qilinmoqda. Mehmonlarga pitsa hamda boshqa mahsulotlarni kriptoaktivlar bilan bog‘liq zamonaviy to‘lov mexanizmlari orqali xarid qilish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Festivalning interaktiv dasturi doirasida hamkorlar tomonidan sovrinli o‘yinlar ham o‘tkaziladi. Jumladan, Asterium tomonidan tokenlashtirilgan oltin, Centrum Air tomonidan esa ikki kishilik sayohat uchun aviabiletlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
_________________

🔹 В Ташкенте проходит фестиваль Bitcoin Pizza Fest 2026

23–24 мая хокимиятом города Ташкента на туристической улице «Узбекистон овози» организуется современный фестиваль Bitcoin Pizza Fest 2026.

Концепция фестиваля направлена на объединение технологий, музыки, гастрономии и современной городской культуры на одной площадке.

Мероприятие посвящено истории Bitcoin Pizza Day. В 2010 году программист Ласло Ханец впервые приобрёл две пиццы за Bitcoin, и это событие признано одним из символических эпизодов в развитии цифровой экономики.

Для гостей фестиваля организованы DJ-сеты, музыкальные выступления, гастрономические зоны, интерактивные площадки, а также различные развлекательные программы. Посетители могут свободно участвовать в активностях на территории фестиваля, специальных акциях и розыгрышах призов.

Кроме того, в рамках мероприятия в соответствии с требованиями действующего законодательства и через лицензированные сервисы демонстрируются современные возможности цифровых платежей. Гостям предоставляется возможность приобрести пиццу и другие товары с использованием современных платёжных механизмов, связанных с криптоактивами.

В рамках интерактивной программы фестиваля партнёрами также проводятся призовые розыгрыши. В частности, Asterium планирует предоставить токенизированное золото, а Centrum Air — авиабилеты для путешествия на двух человек.

22/05/2026

Tutash hududlar endi tartib bilan: tadbirkorlar nima yutmoqda?

- Nega ayrim tadbirkorlar yillar davomida hujjatsiz ishlagan?
- Tutash hududlar uchun ijara shartnomasi ularga qanday qulaylik yaratmoqda?
- Yangi tartib biznesni o‘zgartiryaptimi?

Toshkentda tutash hududlardan foydalanish bo‘yicha ijara shartnomalarini rasmiylashtirish boshlandi

Lavhamizda yangi tizimning afzalliklari, tadbirkorlarning fikrlari va bu o‘zgarishlar shahar muhitiga qanday ta’sir qilayotgani haqida so‘z boradi.



Прилегающие территории — в правовом поле: что это даёт предпринимателям?

- Почему часть бизнеса годами использовала такие участки без официального оформления?
- Какие гарантии и удобства даёт договор аренды прилегающей территории?
- Как новый порядок влияет на предпринимателей и городскую среду?

В Ташкенте начато оформление договоров аренды на использование прилегающих территорий.

В нашем сюжете — о преимуществах новой системы, позиции предпринимателей и о том, как упорядочение этих пространств помогает формировать более прозрачную, удобную и современную городскую среду.

20/05/2026

Talabalar uchun yangi hordiq maskani

Olmazor tumanidagi “Yoshlik shaharchasi”da tashkil etilgan “Yoshlar maskani” endi minglab talabalarning sevimli uchrashuv va hordiq joyiga aylanmoqda.

Bu yerda yoshlar sport bilan shug‘ullanishi, kitob o‘qishi, shaxmat o‘ynashi yoki shunchaki do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishi mumkin. Hududda food truck’lar, sport maydonchalari, kutubxona va zamonaviy dam olish zonalari bor.

“Yoshlar maskani” qanday ko‘rinish olgani va hududda qanday imkoniyatlar yaratilgani ushbu videoda.

20/05/2026

Skeytbord, velosiped yoki rolik — faol harakat ishqibozlari uchun skeyt park maydoni yangilandi

“Moviy gumbazlar” xiyobonidagi skeyt park bugun ko‘plab havaskorlar va sportga qiziquvchilarni bir joyga jamlamoqda.

So‘nggi yangilanishlardan so‘ng maydoncha yanada kengaydi: uning hududi 600 kvadrat metrdan 1300 kvadrat metrga yetkazildi. Sport elementlari soni esa 5 tadan 13 taga ko‘paytirildi.

Mazkur maydoncha skeytbord, velosiped, rolik va boshqa g‘ildirakli sport vositalarida uchish, turli tryuklarni bajarish hamda ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan.

Bu yerda mashq qilish, faol hordiq chiqarish va yangi do‘stlar orttirish mumkin.

——

Скейт-парк для любителей активного движения — скейтборда, велосипеда и роликов — был обновлён.

Скейт-парк в сквере «Голубые купола» сегодня объединяет многих любителей активного отдыха и тех, кто интересуется спортом.

После обновления площадка стала ещё просторнее: её площадь увеличилась с 600 до 1300 квадратных метров. Количество спортивных элементов выросло с 5 до 13.

Скейт-площадка предназначена для катания, выполнения трюков и занятий экстремальными видами спорта на скейтбордах, велосипедах, роликах и других колёсных снарядах.

Здесь можно тренироваться, проводить время с пользой и находить новых друзей.

Сегодня мы познакомимся с атмосферой этого места, его возможностями и настроением молодёжи.

19/05/2026

“O‘zbekiston ovozi” — Toshkentning yangi tungi maskani

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "O‘zbekiston ovozi" ko‘chasi 24/7 gastronomik va turizm maskaniga aylantirildi. Endi bu yerda kun-u tun hayot qaynaydi — yorqin chiroqlar, gavjum kafelar, sayr qilayotgan odamlar va zamonaviy shahar muhiti.

2 kilometrdan ortiq hududda yuzlab tadbirkorlik obyektlari faoliyat yuritmoqda. Minglab insonlar bu yerga dam olish, sayr qilish va vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun tashrif buyurmoqda.

"O‘zbekiston ovozi" ko‘chasi qanday o‘zgargani va bu yerda qanday muhit yaratilgani ushbu videomizda.

Address

Ислом Каримов шоҳ кўчаси 51
Tashkent
100066

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712072077

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent Shahar hokimligi/Хокимият города Ташкента posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Toshkent Shahar hokimligi/Хокимият города Ташкента:

Share