Toyloq tuman hokimligi / Тойлоқ туман ҳокимлиги

Toyloq tuman hokimligi / Тойлоқ туман ҳокимлиги Toyloq tuman hokimligi / Тойлоқ туман ҳокимлиги

03/06/2026

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan navbatdagi tadbirkorlar va fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Tuman hokimi tomonidan navbatdagi tadbirkorlar va fuqarolar qabuli o‘tkazildiMazkur qabulda tegishli tashkilot va idoral...
03/06/2026

Tuman hokimi tomonidan navbatdagi tadbirkorlar va fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Mazkur qabulda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ham ishtirok etib, murojaatlar bilan kelgan fuqarolar hamda tadbirkorlarning muammolari tinglandi.

Qabul jarayonida, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar tomonidan berilgan savollar, moddiy yordam ajratish tartibi, huquqiy maslahatlar hamda turli oilaviy masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning qonuniy va ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, murojaatlarni tezkor va samarali hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

01/06/2026

SAMARQAND YANGILIKLARI | 1-IYUN - XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

01.06.2026-YIL

01/06/2026

Bugungi kunning eng baxtli yoshlari

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi Amir Temur bog‘ida bayram dasturi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Vatanparvar bog‘ida bolajonlar uchun bayramona tadbirlar davom etmoqda1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muno...
01/06/2026

Vatanparvar bog‘ida bolajonlar uchun bayramona tadbirlar davom etmoqda

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Vatanparvar bog‘ida ko‘ngilochar dasturlar va badiiy-madaniy tadbirlar yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Bayram tadbirlari doirasida bolajonlar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari hamda konsert dasturlari tashkil etilib, ishtirokchilarga unutilmas lahzalarni tuhfa etmoqda. Ayniqsa, bolalarning quvonchli chehralari va ko‘tarinki kayfiyati tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.

Bolajonlarga iliq taassurot qoldirayotgan ushbu bayramda sport musobaqalari va rasmlar tanlovi ham o‘tkazilmoqda. Yosh ishtirokchilar o‘z qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etib, tanlovlarda faol qatnashmoqda. Musobaqa va tanlovlar bolalarda sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, ijodiy fikrlash va iqtidorlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qili...
01/06/2026

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi Amir Temur bog‘ida bayram dasturi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev ishtirok etib, barcha bolajonlarni ushbu quvonchli sana bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida u yosh avlodning barkamol voyaga yetishi, ularning ta’lim-tarbiyasi va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Bayram davomida tuman hokimi tomonidan bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Sovg‘alarni topshirish jarayonida tuman mas’ullari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida turli sport musobaqalari, qiziqarli tanlovlar hamda madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Bolalar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyish etib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

01/06/2026

Bugun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Bugun hayotimizga quvonch, erta kelajagimizni yaratuvchilar ayyomi!

Biz bugun ularga mehr-muhabbat, e’tibor berish bilan birga, ilm olishlari yo‘lida ruhlantiraylik, tarbiya borasida o‘rnak bo‘laylik!

Bolajonlar oq qog‘oz misoli, bugun biz ota-ona sifatida unga qanday kunlarni yozsak, shu ularning taqdirini belgilaydi ham. Qahr, g‘azab qilsak, ularni esh*tmasak, vaqtimizni ayasak, erta bu nafaqat aks ko’rsatadi, balki, bola qalbini ham vayron qiladi.

Aziz ota-onalar, bolalar kelajagimiz, degan so‘zlar, aslida katta gap, katta mas’uliyat! Bu bizning mas’uliyat! Ular rostan kelajagimizni go‘zal qilishlari bugun har birimizni har daqiqadagi harakatlarimizga bog‘liq!

Bayram bolajonlarimizga muborak bo‘lsin! Ularning kulgularini, orzularini, maqsadlarini asraylik!

Toyloqda Qurbon hayiti namozi yuksak saviyada ado etildiBugun erta tongdan Toyloq tumani bo‘ylab faoliyat yuritayotgan b...
27/05/2026

Toyloqda Qurbon hayiti namozi yuksak saviyada ado etildi

Bugun erta tongdan Toyloq tumani bo‘ylab faoliyat yuritayotgan barcha jome masjidlarida hayit namozi katta ko‘tarinkilik, hamjihatlik va shukronalik ruhida ado etildi.

“Toyloq ota” jome masjidida tashkil etilgan hayit tadbirida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, barcha yurtdoshlarni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy qutladi hamda xonadonlarga tinchlik, fayzu baraka tiladi.

Tumandagi barcha jome masjidlarida o‘tkazilgan hayit namozlarida jami 13 mingga yaqin nafar namozxon ishtirok etdi.

Hayit namozi davomida yurtimizdagi tinchligi, xalqimiz farovonligi, oilalar xotirjamligi va el-yurt ravnaqi uchun duolar qilindi.

Shuningdek, tuman mas’ullari, huquq-tartibot organlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha jome masjidlarida tashkiliy ishlar puxta yo‘lga qo‘yilib, bayram tadbirlari tartibli, xavfsiz va fayzli muhitda o‘tishi ta’minlandi.

Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayevning Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi
27/05/2026

Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayevning Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi

Address

Samarkand Region, Taylak City, Amir Temur Street, 22-A
Taylak
141501

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toyloq tuman hokimligi / Тойлоқ туман ҳокимлиги posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share