20/05/2022
Denov tumanida "Korrupsiya-rivojlanishimizga to'siq" mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi
2022-yil 18-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida "Korrupsiya-rivojlanishimizga to'siq" mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi. Tadbirda DTM Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimlari, DTPI korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i, Denov tuman ichki ishlar profilaktika inspektori, DTPI rektor maslahatchisi va professor o’qituvchilar ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilarga 2022/2023-o’quv yili uchun bo’lib otadigan test sinovlariga kiritilayotgan yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shunigdek, kirish test sinovlari jarayonida fuqarolik burchi, fuqarolarning Davlat test markazi bilan hamkorlikda korrupsiya ko‘rinishlari, harakatlarini oldini olish masalasi bo‘yicha tomonlar fikrlari tinglandi va hamkorlikka tayyorligi bildirildi.