Tuproqqal'a tumani axborot xizmati

Tuproqqal'a tumani axborot xizmati Tuproqqal'a tuman hokimligi rasmiy sahifasi Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy sahifasi!

"Adolat sayli" huquqiy aksiyasi bo'lib o‘tdiTuproqqal’a tumanida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida k...
25/05/2026

"Adolat sayli" huquqiy aksiyasi bo'lib o‘tdi

Tuproqqal’a tumanida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida keng ko‘lamli "Adolat sayli" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov hamda el suygan san’atkorlar, xususan, taniqli aktyorlar Farhod Abdullayev va Mehmonali Salimovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

Sayl doirasida "Sog‘lom turmush tarzi uchun 5000 qadam" marafoni, turli madaniy chiqishlar, hunarmandchilik va kitoblar ko‘rgazmalari hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yoshlar uchun sport musobaqalari va viktorinalar o‘tkazildi.

Eng asosiysi, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabullar, notarius hamda "Madad" NNT mutaxassislarining xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, barcha savollarga amaliy javoblar berildi. Tadbir tuman aholisi uchun juda mazmunli va foydali o‘tdi.

👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Jaranglaydi so'nggi qo'ng'iroq! 🔔Bugun mamlakatimiz bo'ylab barcha bitiruvchilar qadrdon maktablari bilan xayrlashib, ka...
25/05/2026

Jaranglaydi so'nggi qo'ng'iroq! 🔔

Bugun mamlakatimiz bo'ylab barcha bitiruvchilar qadrdon maktablari bilan xayrlashib, katta hayotga qadam qo'ymoqda. Shunday shukuhli tadbirlardan biri Tuproqqal'a tumanidagi 8-son umumta'lim maktabida ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Tantanali marosimda tuman hokimi Akmal Jimalyazov ishtirok etib, yoshlarga oq yo'l tiladi. Maktab hayotida faol bo'lgan namunali o'quvchilar va ularning ota-onalariga tuman hokimining tashakkurnomalari topshirildi.

Elimiz suygan san'atkorlarning diltortar taronalari barchaga xushkayfiyat ulashib, bu kunni chinakam unutilmas bayramga aylantirdi.

Katta hayot sari qadam qo'yayotgan barcha yoshlarga zafarlar yor bo'lsin! ✨

👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Tuproqqal'a tumani hokimi "Barkamol avlod" maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi​Tuman hokimi Akmal Jimalyazov "Barkamol ...
21/05/2026

Tuproqqal'a tumani hokimi "Barkamol avlod" maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi

​Tuman hokimi Akmal Jimalyazov "Barkamol avlod" bolalar maktabida bo'lib, o'quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

​Tashrif davomida tuman rahbari IT, hunarmandchilik va san'at to'garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yosh ixtirochi va ijodkorlar o'z ishlarini namoyish etib, kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashdilar.

​Yoshlar tashabbuslarini doimiy qo'llab-quvvatlash va ularga zamonaviy sharoitlar yaratish asosiy vazifa ekanligi ta'kidlandi.

👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Tuproqqal'a tumanida xotin-qizlar bilan muloqotBugun "Yosh xotin-qizlar va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash k...
21/05/2026

Tuproqqal'a tumanida xotin-qizlar bilan muloqot

Bugun "Yosh xotin-qizlar va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash kuni" doirasida Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov tuman qizlari bilan uchrashdi.

Asosiy maqsad – qizlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni o'rganish va birgalikda hal qilish. Muloqotda ta'lim, kasb-hunar egallash va bandlik masalalari muhokama qilinib, yoshlarning yangi loyihalari tinglandi.

Tuman rahbari har bir tashabbus va murojaat alohida nazoratga olinishini ta'kidlab, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi. Intiluvchan qizlarimiz doimo e'tiborda!

👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

📸 DIQQAT, HAYDOVCHILAR! YANGI KAMERA (RADAR) O'RNATILDI! 🚦Tuproqqal'a tumanida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va...
13/05/2026

📸 DIQQAT, HAYDOVCHILAR! YANGI KAMERA (RADAR) O'RNATILDI! 🚦

Tuproqqal'a tumanida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida yangi maxsus kameralar o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

📍 Manzil: Tuproqqal'a tumani, Yakkachiqir mahallasi, D213f yo'li, Hazorasp ko'chasi, "Artel" brendi korxonasi ro'parasi.

O'zingizni va hamyoningizni kutilmagan jarimalardan asrang.

👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Tuproqqal'a tumanida nuroniylar holidan xabar olindiTuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov mamlakatimiz taraqqiyoti ...
08/05/2026

Tuproqqal'a tumanida nuroniylar holidan xabar olindi

Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan bir guruh nuroniylar xonadonida bo'lib, ularning holidan xabar oldi. Tashrif davomida faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko'rsatilib, ularning ijtimoiy holati o'rganildi. Shuningdek, tuman rahbari markaziy shifoxonaga tashrif buyurib, davolanayotgan bemorlar va ularning yaqinlari bilan uchrashdi. Uchrashuv jarayonida bemorlarning salomatligi hamda ularga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yaqindan ko'zdan kechirildi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xususan, keksalarni e'zozlash va bemorlarga zarur ko'mak ko'rsatish davlatimizning doimiy e'tiborida ekanligi alohida ta'kidlandi.

Burch, jasorat va matonat: Tuproqqalʼada Xotira kuni nishonlandiBugun Tuproqqalʼa tumanidagi “Xotira maydoni”da 9-may — ...
08/05/2026

Burch, jasorat va matonat: Tuproqqalʼada Xotira kuni nishonlandi

Bugun Tuproqqalʼa tumanidagi “Xotira maydoni”da 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi Akmal Jimalyazov boshchiligida tashkilot rahbarlari, urush va mehnat faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari jam bo'lishdi. Yig'ilganlar ajdodlar monumenti poyiga guldastalar qo‘yib, Vatan himoyasi yo'lida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz ruhiga yuksak hurmat bajo keltirdilar.

Tinchligimiz yo'lida jon fido qilgan qahramonlarimiz xotirasi mangu barhayot. Ularning ko'rsatgan yuksak jasorati va matonati kelajak avlodlar qalbida doimo yashaydi!

📚 Yosh kitobxonlar bilan ochiq muloqotBugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov axborot-kutubxona markazida kitob...
07/05/2026

📚 Yosh kitobxonlar bilan ochiq muloqot

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov axborot-kutubxona markazida kitobxon yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqot davomida yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish va yangi tanlovlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yosh ijodkorlarning taklif hamda tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanib, bu boradagi kelgusi aniq rejalar belgilab olindi.



Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

DXX Kubogi musobaqalari tuman bosqichlari yakunlandiNATIJALAR:Futbol bo'yicha:🥇Yo'ldosh Oxunboboyev mahallasi jamoasi🥈Sh...
05/05/2026

DXX Kubogi musobaqalari tuman bosqichlari yakunlandi

NATIJALAR:

Futbol bo'yicha:
🥇Yo'ldosh Oxunboboyev mahallasi jamoasi
🥈Sharlauq mahallasi jamoasi
🥉Obod mahallasi jamoasi

Mini futbol bo'yicha:
🥇Navbahor mahallasi jamoasi
🥈Muhabbat mahallasi jamoasi
🥉Yakkachiqir mahallasi jamoasi

👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Vatanparvar yoshlar — tumanimiz faxriSohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Vatanparv...
30/04/2026

Vatanparvar yoshlar — tumanimiz faxri

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasida tuproqqal’alik Amirxon Xudashkurov turnikda tortilish bo‘yicha mutloq rekordni o‘rnatdi. Mazkur g‘alaba munosabati bilan tuman hokimi Akmal Jimalyazov chempion yosh bilan uchrashib, uni munosib taqdirladi. Tadbir davomida Amirxonning natijasi barcha tengdoshlari uchun yuksak namuna sifatida ko‘rsatildi va yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

Tantanali marosim boy musiqiy dasturlar va vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar bilan yanada fayzli o‘tdi.

Biz xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan Amirxon kabi shijoatli yoshlarimiz bilan doimo faxrlanamiz.



👉

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube

Yoshlik va salomatlik energiyasiBugun Tuproqqal'a tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan ko‘tarinki ruhdagi velomarafon ...
30/04/2026

Yoshlik va salomatlik energiyasi

Bugun Tuproqqal'a tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan ko‘tarinki ruhdagi velomarafon bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbirida shijoatli yoshlar hamda turli tashkilot xodimlari bir maqsad yo‘lida birlashib, faol ishtirok etishdi. Marafon davomida qatnashchilar nafaqat o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini namoyish etishdi, balki sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga ham munosib hissa qo‘shishdi.

Address

Tuproqqal’a Tumani, Pitnak Shahri, Mustaqillik Ko’chasi, 1-uy
Tuprakkala
220400

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Telephone

+998999671042

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tuproqqal'a tumani axborot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Tuproqqal'a tumani axborot xizmati:

Share