27/12/2022
Uchquduq tuman XTB ga qarashli 7-MFCHO'IDUM da joriy yilning 27-dekabr kuni boshlang'ich sinflarda "Yangi yilim yaxshi yil" deb nomlangan bayram tashkil etildi. Yangi yil tadbiriga uyda yakka tartibda ta'lim oluvchi ikki nafar o'quvchilar ham taklif etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan she'r,qo'shiq,raqslar ijro etilib,bayramga qorbobo,qorqiz taklif etildi. Uyda yakka tartibda ta'lim oluvchi o'quvchilar ham o'zlarining she'rlari bilan faol ishtirok etishib, qorbobo qorqiz bilan raqsga tushishdi. Bolajonlarning bugungi kuni ko'plab xursandchiliklarga boy bo'ldi.