Tuproqqal'a tuman adliya bo'limi

Tuproqqal'a tuman adliya bo'limi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Tuproqqal'a tuman adliya bo'limi, Public & Government Service, Тупроққалъа тумани Сергей Даведов кўча 2-уй, Urgench.

 🚫 Yoʻl harakati qoidalariga koʻra, quyidagi hollarda odamlarni tashish taqiqlanadi:🔹bolalarni yuk avtomobillarining yuk...
19/04/2024


🚫 Yoʻl harakati qoidalariga koʻra, quyidagi hollarda odamlarni tashish taqiqlanadi:
🔹bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;

🔹transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'jallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);

🔹traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;

🔹mototsikllarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylaridan tashqarida;

🔹12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindigʻida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida;

🔹odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlganda.

❗️Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.

 ❗️Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mex...
19/04/2024


❗️Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi
“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi

🔰Unga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹2024-2025 yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigi;

🔹2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining “bazaviy me'yorlari”.

🗓 2024-yil 1-maygacha yoqilg'i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko'rib chiqiladi.

✅ Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste'molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha xarajatlarni qoplash bo'yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

➖Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

✔️Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

🔸noyabr oyida 270 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam o'tkazib beriladi;

🔸elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha quyidagi miqdorlardagi iste'mol uchun bazaviy me'yor doirasidagi hamda bazaviy me'yordan oshgan narxlar o'rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

➖tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

➖elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 ❗️Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysm...
19/04/2024


❗️Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi
“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-161-son, 17.04.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra:

🗓 2024-yil 1-iyundan MSK-64 shkalasi bo'yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

✔️ 2024-yil 1-iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk ko'taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o'rnatish majburiy etib belgilanadi.

✅ 2024-yil 1-iyulgacha respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.

📁2024-yil 1-avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko'rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.

📌 2024-yil 1-iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.

🔍 2024-yil 1-iyulgacha texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion inyeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.

📄2024-yil 1-maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

🏢 Zilzila muhandisligi olimlari assosiatsiyasini (Assosiatsiya) tashkil etiladi.

  ❗️Yoshlarni kasbga va chet tillariga o'qitish tizimi takomillashtiriladi“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet ti...
19/04/2024


❗️Yoshlarni kasbga va chet tillariga o'qitish tizimi takomillashtiriladi
“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat Qarori (213-son, 17.04.2024 y) qabul qilindi

🔰Unga ko'ra, Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o'qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazini (Markaz) tashkil etiladi.

✔️ Professional ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga o'qitish bo'yicha o'quv kurslari tashkil etiladi Xorijda ishlash istagi bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📄 O'quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi.

📁O'quv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha bo'lgan ta'lim dasturlariga muvofiq to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

✅ O'quv kurslari doirasida ta'lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo'lgan chet tillariga o'qitiladi.

📌 Professional ta'lim muassasalariga jalb etilgan ta'lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o'rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta'lim oluvchi tomonidan chet tilini o'qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

❕Bunda xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili bo'yicha kamida B2 darajadagi, “Ausbildung” (dual ta'lim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili bo'yicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi.

🔍O'quv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama to'lanadi.

 ❗️ “Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди” ҳуқуқий акцияси ўтказилмоқда 📁 Адлия вазирлиги томонидан  “Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз ...
22/01/2024



❗️ “Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди” ҳуқуқий акцияси ўтказилмоқда

📁 Адлия вазирлиги томонидан “Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди” ҳуқуқий акцияси бўлиб ўтмоқда.

🗓 Мазкур акция 2024 йил 20 мартгача давом этади.

🔘 Ҳуқуқий акция доирасида:

📖 тегишли ҳужжатларга эга бўлмаган шахслар республика миқёсида хатловдан ўтказилади;

📥 фуқароларнинг ушбу турдаги мурожаатлари жойларда ташкил этилган махсус штаблар ёки “1148” ишонч телефони орқали тезкорлик билан қабул қилинади;

👥 сайёр қабуллар ташкил этилади;

⚖️ келиб тушган барча мурожаатлар ўрганиб чиқилиб, муаммоларни қонуний ҳал этишга кўмаклашилади.

  Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi b...
08/01/2024

Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida oʻz nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va koʻchmas mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish) davlat boji toʻlashdan ozod etilishi belgilangan.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA SAYLOV VA REFERENDUM O‘TKAZISh TARTI...
08/01/2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA SAYLOV VA REFERENDUM O‘TKAZISh TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA QARATILGAN O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA” QONUNI QABUL QILINDI.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–883-son, 18.12.2023-y.) bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:
➖ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi;
➖ Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi;
➖ Partiya ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin, ushbu ro‘yxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi;
➖ Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas;
➖ deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi;
➖ ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozim.
Shuningdek, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi.
Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini faqat bitta siyosiy partiya to‘plagan bo‘lsa, unda deputatlik o‘rinlari saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini to‘plagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar o‘rtasida deputatlik mandatlarini taqsimlash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Qonunchilik palatasining kamida 5 nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega (ilgari kamida 9 nafar edi).

 ❗️Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratil...
08/01/2024



❗️Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi

“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra:

🔹suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinadi;

🔹Suv xo'jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.

🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

🗓 2024-yildan:

➖suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;

➖suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o'zida to'liq miqdorda ajratiladi.

❕Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.

⚠️ Sug'oriladigan yerlarda yangi bog'lar, uzumzorlar va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

04/03/2023

Address

Тупроққалъа тумани Сергей Даведов кўча 2-уй
Urgench
220400

Telephone

(8) 62 305 30 30

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tuproqqal'a tuman adliya bo'limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share