08/07/2023
Xorazm viloyatida yana 40 nafar fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasiga ko'ra subsidiya asosida asbob-uskunalar tarqatildi.
Bugun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarma boshlig'i Z.Ollaquliyev tomonidan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi ishsiz, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan jami 40 nafar jumladan Gurlan tumanida 14 nafar, Bog'ot tumanida 12 nafar, Xiva tumani 14 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni mustaqil boshlashlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.
➡️Endilikda fuqarolarmiz, ishlab chiqarish kooperatsiyalariga a’zo bo‘lishadi hamda o‘z ishlab chiqarishlarini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlaydilar.