Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

21/10/2025

🇺🇿✨ 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! ✨

Bugun biz o‘zligimiz, milliy g‘ururimiz va bebaho qadriyatimiz — ona tilimizning bayramini nishonlaymiz!

🗓 1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasida O‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilingan.
Bu sana — millatimizning tarixida, yuragida, g‘ururida o‘chmas iz qoldirgan muhim kun.

🫶Ona tili — bu millat ruhi, yurak sadosi, xalqning eng buyuk boyligidir.
Uni asrash, e’zozlash va avlodlarga yetkazish — barchamizning sharafli burchimizdir.

🙌Keling, ona tilimizni yanada yuksaltiraylik!
Har bir so‘zimizda, har bir satrimizda Vatanimizga muhabbat aks etsin!

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

🇺🇿💐 Ona tilimiz — faxrimiz, g‘ururimiz, mehrimiz!

✅ Bizni kuzatishda davom eting!

  🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan  maktabida 2025-2026 o...
04/09/2025




🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-2026 o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" bayram tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbirda maktab direktori Z.Ibadullayev so'zga chiqib boshlangan yangi o'quv yili bilan tabriklab 5-sinfga va 7-sinfga qabul qilingan o'quvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod qilib, bir qator erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.

🔻Shundan so‘ng, tabrik uchun so‘zga Oqtepa mahallasining raisi U.Bobojonov chiqib, ixtisoslashtirilgan maktabining ziyoli maskan ekanligi xususida so'z yuritdi.

Tadbir jarayonida o‘quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi she'rlar va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

    30-iyun sanasida davlatimiz rahbari  mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlarga davla...
02/07/2025




30-iyun sanasida davlatimiz rahbari mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.

Bu yoshlar safida Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Maqsadbek Egamberdiyev Baxtiyor o‘g‘li ham borligi maktabimiz jamoasi uchun, qolaversa Xorazmliklar uchun quvonchli xabardir!

Maqsadbekni tarbiya bergan ota-onasiga, tarbiya bilan bir qatorda bilim bergan ustozlari Neʼmatjon Kamalov va Ravshanbek Sabirovlarga Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maʼmuriyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz!

Maqsadbek kelgusi hayotingda omad va yangi zafarlar tilaymiz!

   🏛 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog 'ot  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil ...
28/05/2025




🏛 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog 'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 23-may kuni 2024–2025-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlab “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirni maktab direktori Zafarbek Ibadullayev ochib, bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirdi.

Tadbirda
✨ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To'rabek Shermatov

✨Chirchiq davlat universiteti dekani fizika matematika fanlari doktori,professor Qahramon Ibadullayev

✨Urganch innovatsion universiteti o'qituvchisi Dilmurod Ro'zmetov

✨Tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Dilshod Abdullayevlar mehmon bo'lishdi

🎓 Tadbir davomida ijodiy chiqishlar, musiqiy sahnalar va samimiy so‘zlar barchaning qalbini to‘lqinlantirdi.

⚜️ Tadbir davomida o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, ta’lim va tarbiyada namuna bo‘lgan o‘quvchilar viloyat hokimligi, maktab ma’muriyati va mutasaddilar tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

09/05/2025


Hurmatli yurtdoshlar!
9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan barchangizni
samimiy tabriklaymiz!
Bu qutlug‘ sana – yurtdoshlarimizning mardlik va jasoratini,
tinchlik yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarimiz xotirasini yod etish,
ularning oldidagi burchimizni his etish kunidir. Bugungi tinch va farovon
hayotimizni ta'minlashda hissasi bo‘lgan faxriylarimiz, urush va mehnat fronti
qatnashchilariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Vatanni sevish, ajdodlar merosini e'zozlash – har birimizning muqaddas
burchimizdir. Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddas!
Hurmat bilan,
Bog’ot tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi

03/05/2025




🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot_tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ‘’Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari oʻtkazilmoqda.

💻Tashrif davomida maktabimiz volontyor oʻquvchilari
maktabda yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari, oshxona, laboratoriya xonalari, faollar zali, robotexnika, kutubxona, shaxmat va boshqa toʻgaraklari bilan tanishtirdilar.

Maktabimizga tashrif buyuring!

Bizga qoʻshiling!

📱

   🏫 Open Day at Bogat District Specialized School!Today is the next Open Day at our school. During the event, our guest...
03/05/2025





🏫 Open Day at Bogat District Specialized School!

Today is the next Open Day at our school. During the event, our guests were given detailed information about the educational process at our school, innovative lessons, club activities, and the achievements of our students.

📌 Open Day is a step towards trust, openness and cooperation!

We invite everyone to get to know the life of our school. Let's see together the opportunities created for the youth who are the future of our country!

Keep following us!

      Sweet games during Youth Week!🍒🍎🍌The "Cherry, Apple, Banana" game was organized at our school as part of the Youth...
03/05/2025





Sweet games during Youth Week!

🍒🍎🍌The "Cherry, Apple, Banana" game was organized at our school as part of the Youth Week. Our students participated in a cheerful mood and in the spirit of healthy competition.

Such events increase the physical activity of our youth, strengthen the spirit of friendship and teamwork.

Many thanks to the participating students of grade 6-B and to the enthusiastic and dedicated teacher Saida Matyakubova, the head of grade 6-B, who organized this process !

Keep following us!

   ✅Bog'ot  tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi  Sotiboldiyev Asadbek Aybekovich Al-Beruniy nomidag...
03/05/2025




✅Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Sotiboldiyev Asadbek Aybekovich Al-Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo'lib o'tgan olimpiada faxrli 1-o'rinni egalladi va mudddatidan oldin talaba bo'lish baxtiga erishishdi.
✅O'quvchimizning ota-onasini va ustozi Dilmurod Yusupovni ushbu muvaffaqiyat bilan maktab ma'muriyati tabriklaydi va o'quvchimizga kelgusi o'qishlarida omadlar tilab qoladi!

💬

  🤩 Bugun ertalabdan Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ochiq eshiklar kuni boshlab yuborildi. 🗓 O’tkaziladigan ...
26/04/2025





🤩 Bugun ertalabdan Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ochiq eshiklar kuni boshlab yuborildi.

🗓 O’tkaziladigan ochiq eshiklar kuniga Bog'ot tumanining barcha maktab o'quvchilari taklif qilingan.

➖ Ochiq eshiklar kunida tashrif buyurgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga maktab rahbariyati, tajribali ustozlar hamda volontyor o'quvchilar tomonidan:

✅Dars jarayonlari
✅ Maktab hayoti
✅ O’quvchilar kun tartibi
✅ Qabul jarayonlari haqida to‘liq tushunchalar va ma’lumotlar beriladi.

✔️

 26-APREL SANASIDABOG‘OTTUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI  2 YOSHGA TOʻLDI🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga te...
26/04/2025



26-APREL SANASIDA
BOG‘OTTUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2 YOSHGA TOʻLDI

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga tegishli Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-yil 26-aprelda foydalanishga topshirilib, ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

⚡️Maktabimiz ushbu 2 yil ichida misli koʻrilmagan yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

👏Asosiy fan olimpidalari, Hokim olimpiadalari yuqori oʻrinlarni egalladi hamda Xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi.

📌Shu vaqt oraligʻida 100 dan ziyod oʻquvchilarimiz Xalqaro va Milliy sertifikatlar egasiga aylandi

💥Bularning barchasi maktab jamoasining tinimsiz mehnati va birdamligi natijasidir.

⚡️⚡️MAKTABIMIZNING 2 YOSHI BILAN BUTUN MAKTAB JAMOASINI HAMDA AZIZ OʻQUVCHILARNI TABRIKLAYMIZ.

Bunday aziz dargohimiz Respublikadagi eng yetakchi maktablar qatoridan joy olishi shubhasiz!

💎

Address

Bagat District, Khorezm Region
Urgench
220200

Telephone

+998999672110

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi:

Share

Category