26/08/2021
Mustaqilligimizning 30 yilligida Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internati
birinchi toifali huquq fani o’qituvchisi Sharipov Sobirning oxirgi 5 yilda ish faoliyatida va shaxsiy hayotida erishgan yutuqlari haqida.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosati umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.Bundan yigirma to’rt yil muqaddam,1997-yilda birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan el-yurtimizning ustoz-murabbiylariga bo’lgan yuksak ehtiromining amaliy ifodasi sifatida 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” deb e’lon qilindi.Aziz xalqimizning bir naqlida “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, bug’doy ek, o’n yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, daraxt ek, yuz yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, ta’lim tarbiya ber.” deyilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi farmonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berdildi.Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishdan to’rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan.Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi.Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish, yangi maktab binolarini barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv labaratoriya uskunalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan to’liq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.Umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirishga qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o’qitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Men Sharipov Sobir Zarifboyevich 2018-yildan Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internatida huquqshunoslik fanidan dars berib kelmoqdaman.Pedogogik stajim13 yil.Bizning jamoa juda ahil va mehnatkash jamoa hisoblanadi.Maktab-internatimizning ko’pchiligi ijtimoiy hayotda faol hisoblanadi.Men 2016-yilda kredit hisobidan boshang’ich to’lov evaziga birinchi mashinamni olishga muvaffaq bo’ldim.2020-yilda esa mashinamni yangi rusumdagi mashina sotib olishga erishdim.Bu esa harakat qilgan o’qituvchi albatta yuqori natijalarga erishishini isbotladim.Men 2016-yilda o’gil farzandli bo’ldim,bu ikki nafar ajoyib hulqli qizlarimdan keyin muhim hayotimdagi o’zgarishlardan biri hisoblanadi.Men pedagogik faoliyatimda ko’p yutuqlarga erishdim.Masalan o’quvchilarim fan olimpiadalrida Respublika bosqichida qatnashib kelgan.Respublika huquq fani bo’yicha “Eng iqtidorli yosh ist’emolchi” tanlovining respublika bosqichida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritgan.”Siz qonunni bilasizmi” tanlovida shahar bosqichida faxrli o’rinni egallab viloyat bosqichida ham 2 .-o’rinni egallashgan.Men o’zim 2019-yil “Yil o’qituvchisi” tanlovining shahar bosqichida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida 2-o’rinni egalladim.
Men ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish,ijtimoiy faol fuqarolik jihatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqdaman.Dars jarayonida yangi pedogogik texnologiyalardan “Besh savolga besh javob”, “Xatoni top”, “Qopqon” (bu metodlarni barchasini o’zim o’ylab topganman) foydalanib kelmoqdaman.
Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internati 2016-2021 yillardagi natijalari:
1. 2019 yilida 7-sinf o`quvchisi Maqsudov Bekzod matematika fanidan Durban shahrida o`tkazilgan xalqaro musobaqada qatnashib bronza medalini qo`lga kiritdi. O`qituvchisi matematika fani o`qituvchisi Mavlonov Farxod.
2. 2020-2021 o`quv yilida 11-sinf o`quvchisi Yusupjonov Bahovaddin Respublika fan olimpiadasida fizika fanidan qatnashib faxrli 2-o`rinni egalladi. O`qituvchisi fizika fani o`qituvchisi Babayazov Po`lat.
3. Bobojonova Nilufar 2016-yil xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, iqtidori o`quvchilarni o`qitishdagi yutuqlari uchun ”O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan.
4. Mavlonov Farxod 2020-yil xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, iqtidori o`quvchilarni o`qitishdagi yutuqlari uchun ”O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi fidoyisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan.
5. Seitnazarova Muhabbat 2020-yil xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, iqtidori o`quvchilarni o`qitishdagi yutuqlari uchun ”O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan.
Hozirgi zamonaviy o’qituvchida amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari qobiliyatbo’lishi kerak.”Yangi O’zbekistonni” yangi qarashdagi ustoz pedagoglar bilan birgalikda quraylik.Mustaqilligimizning 30-yilligi barchamizga muborakbod bo’lsin.
Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internati
birinchi toifali huquq fani o’qituvchisi: S.Sharipov