Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasining rasmiy sahifasi - Официальная страниц

Xorazm viloyatida malaka (test) sinovlariga start berildi Sinovlar Urganch shahridagi 17-son umumta’lim maktabida tashki...
07/04/2026

Xorazm viloyatida malaka (test) sinovlariga start berildi

Sinovlar Urganch shahridagi 17-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Malaka sinov markazi”da bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu sinov jarayonlarini shaffof va sifatli tashkil etish maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Kimyo fanidan o‘tkaziladigan sinovlarda 460 nafar o‘qituvchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Jarayon avvalida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov markazga tashrif buyurib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

📌 Sinov jarayonlarini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
👉 https://cams.uzedu.uz/

 Turkmanistonning Ashxobod shahrida 2026-yil 8–13-aprel kunlari III Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur...
07/04/2026



Turkmanistonning Ashxobod shahrida 2026-yil 8–13-aprel kunlari III Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada turli davlatlardan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filialida Xorazm viloyatidan mazkur olimpiadaga yo‘l olgan jamoani tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektimirov ishtirok etib, o‘quvchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Yoshlarimizga xalqaro maydonda yuksak natijalar tilaymiz!

RAHBAR E’TIBORI – SIFATLI TA’LIM GAROVIXorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemi...
18/03/2026

RAHBAR E’TIBORI – SIFATLI TA’LIM GAROVI

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov “Quvonch Kids” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida muassasadagi zamonaviy o‘quv xonalari, qulay sharoitlar, bolajonlar uchun yaratilgan rivojlantiruvchi muhit hamda xavfsizlik tizimlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, bolalar uchun yanada qulay va sifatli muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bugungi k***a maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar – kelajak avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Har bir yaratilayotgan sharoit – bolajonlarimizning porloq kelajagi uchun muhim qadamdir!

URGANCH TUMANIDA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDIUrganch tumani “Oq maktab” mahallasida yan...
18/03/2026

URGANCH TUMANIDA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Urganch tumani “Oq maktab” mahallasida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarga o‘z eshiklarini ochdi!

“Quvonch Kids” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, 300 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi hudud aholisi, ayniqsa jajji bolajonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari S. Salayev, tuman hokimligi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda nodavlat ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, Xorazm viloyatida ham maktabgacha ta’lim qamrovi sezilarli darajada oshmoqda.

Yangi tashkil etilgan ushbu muassasa Urganch tumanida qamrov darajasini yana 1,8 foizga oshirish imkonini yaratdi.

So‘nggi yillarda:
16 820 o‘rinli 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari
36 552 o‘rinli 1408 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari
Qator xususiy nodavlat ta’lim muassasalari tashkil etildi

Natijada viloyatda maktabgacha ta’limga qamrov 83 foizga yetdi!

Bugungi k***a amalga oshirilayotgan har bir shunday loyiha – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir. “Quvonch Kids” maktabgacha ta’lim tashkiloti ham yosh avlodni bilimli, tarbiyali va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda muhim maskan bo‘lishiga ishonamiz.

04/02/2026
04/02/2026




🟢Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiyga ehtirom” bayt chellenjiga start berildi.

💠Mazkur chellenjda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

✨Chellenj doirasida siz Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodiga mansub gʻazal va ruboiylarni oʻqish, yoddan aytish yoki ijodiy talqinda taqdim etish orqali qatnashishingiz mumkin.

✅ Faol bo‘ling, milliy adabiyotimizga bo‘lgan ehtiromingizni namoyon eting va chellenjda siz ham ishtirok eting!


 Xorazmda maktab direktorlari uchun amaliy seminar-trening bo'lib o'tmoqdaBugun, 31-yanvar, Urganch shahridagi 1-son ixt...
31/01/2026



Xorazmda maktab direktorlari uchun amaliy seminar-trening bo'lib o'tmoqda

Bugun, 31-yanvar, Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatda Xorazm viloyati umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Seminar davomida maktab rahbarlarining hisobotga tayyorgarligi, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Tajriba almashish, savol-javoblar va amaliy tavsiyalar seminarining asosiy qismini tashkil etadi.

26/01/2026

Xorazm viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kokoro Lingua” innovatsion platformasi orqali fransuz tili bepul o‘rgatilmoqda

Joriy yil yanvar oyidan 27 maktabgacha ta’lim tashkilotida 79 ta katta va maktabga tayyorlov guruhlari fransuz tili bilan tanishtirildi. Pedagoglar uchun o‘tkazilgan amaliy seminar esa platformadan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarni oshirdi.

26/01/2026

“Ixtirochilikka qadam” — kelajakka dadil qadam

Xorazm viloyatida yosh ixtirochilar ishtirokida o‘tkazilayotgan respublika tanlovining viloyat bosqichidan lavhalar.

Ilmiy-texnik ishlanmalar, innovatsion g‘oyalar va ijodiy yondashuv — barchasi bitta maydonda.

Iqtidorli yoshlar kelajakni bugundan bunyod etmoqda!

Xorazmda Xalqaro geografiya olimpiadasi saralashining 1-bosqichiga start berildiXorazm viloyatida Xalqaro geografiya oli...
26/01/2026

Xorazmda Xalqaro geografiya olimpiadasi saralashining 1-bosqichiga start berildi

Xorazm viloyatida Xalqaro geografiya olimpiadasining saralash bosqichi boshlandi. Saralashning 1-bosqichi Urganch shahridagi 1-son maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda ishtirokchilarning geografiya fanidan bilimlari ingliz tilida tayyorlangan sinov savollari asosida baholanmoqda. Ushbu jarayon o‘quvchilarning nafaqat fan bo‘yicha bilimlarini, balki chet tilidagi savodxonligini ham namoyon etmoqda.

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.

Iqtidorli yoshlar — yurt kelajagi!

  Xorazm viloyatida yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining vi...
26/01/2026



Xorazm viloyatida yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Viloyat bosqichida 50 ta jamoa tarkibida 92 nafar iqtidorli o‘quvchi o‘zlarining ilmiy-texnik ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari va ijodiy loyihalarini taqdim etib, bilim va salohiyatlarini namoyon qilmoqda.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

“Ixtirochilikka qadam” tanlovi yoshlarning ijodkorlik va innovatsion fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ularni yangi g‘oya va ixtirolar yaratishga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorazmlik kichik sinf o‘quvchilari ingliz tilidan yuqori natijalarga erishmoqda!Avvalo, Xorazm viloyatida ta’lim olayotg...
19/01/2026

Xorazmlik kichik sinf o‘quvchilari ingliz tilidan yuqori natijalarga erishmoqda!

Avvalo, Xorazm viloyatida ta’lim olayotgan kichik sinf o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha erishayotgan yutuqlari alohida e’tiborga loyiq.

Urganch shahar 5-son maktabining 4-sinf o‘quvchisi Zilola Sheripova ingliz tili bo‘yicha CEFR tizimida B1 darajani qo‘lga kiritib, yoshiga nisbatan juda yuqori natija qayd etdi.

Xorazm viloyati, Gurlan tumani 3-son umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshev Abbos ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritib, tengdoshlariga namuna bo‘ldi.

Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari ham munosib natijalarga erishmoqdalar:

Urganch shahar 10-son umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Humoyunmirzo Bekchanov — B2 (Upper-Intermediate).

Urganch shahar 22-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Mahliyo Sultanova — B2.

Urganch shahar 5-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Samira Karimova — B2 sertifikati sohibasi.

Mazkur yutuqlar o‘quvchilarning mehnatsevarligi, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarning samarali mehnati natijasidir.

Barcha yosh iqtidor egalarini ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Address

Urgench
220100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi:

Share