Xorazm viloyati soliq boshqarmasi

Halollik osuda turmush garovi!Viloyat soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy yig‘ili...
27/10/2025

Halollik osuda turmush garovi!

Viloyat soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbir doirasida “Ishonch va nafs chegarasi” nomli film namoyish etildi.

Filmda xizmat vazifasini vijdonan bajarish, halollik va poklik tomoyillariga rioya qilish hamda nafsga qarshi kurashishning ahamiyati haqida so‘z bordi. Yig‘ilishda film orqali jamoa a’zolariga korrupsiyaning zararli oqibatlari, uning jamiyat va tashkilot rivojiga salbiy ta’siri yana bir bor yodga solindi.

Shu bilan birga, shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va fuqarolik burchi haqida tushuntirishlar berildi.

Bu kabi tadbirlar barcha tuman va shaharlarda davom etmoqda.

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

   Rag'bat yanada faol ishlashga undaydiXabaringiz bor, soliq organlaridagi halol mehnati tufayli byudjetga qo‘shimcha m...
25/10/2025



Rag'bat yanada faol ishlashga undaydi

Xabaringiz bor, soliq organlaridagi halol mehnati tufayli byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etib, belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishida namuna ko‘rsatayotgan soliqchilar moddiy hamda ma’naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda. Xususan, "Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha viloyatda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan xodimlarga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi ham yuborilmoqda.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi bu gal Tuproqqal'a tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i Sanobar Ro'zimova va Shovot tumani “Komiljon Otaniyozov”, "Bo'yrachi" va “Oq ko'l” mahallalari soliq inspektori Maksud Mustapayevga yuborildi.

Bugun Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan ushbu tashakkurnomalar egalariga topshirildi.

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

     (https://uza.uz/oz/posts/raqamli-markirovka-iqtisodiyot-tayanchi-video_775095)Raqamli markirovka – iqtisodiyot taya...
25/10/2025

(https://uza.uz/oz/posts/raqamli-markirovka-iqtisodiyot-tayanchi-video_775095)

Raqamli markirovka – iqtisodiyot tayanchi

Soliq tizimining raqamlashayotgani, ayniqsa, raqamli markirovkaning joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini «soya»dan chiqarishga xizmat qilmoqda.

Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Xorazm real trade” korxonasi rahbari Farida Rajabova nafaqat Urganch tumanida, balki viloyat bo‘yicha 2024-yilda eng ko‘p fiskal chek bergan tadbirkorlik subyekti ekanligi aniqlandi.

Tadbirkor yil davomida o‘z xaridorlariga 17 mingdan ortiq chek taqdim etgan. Natijada 10 mlrd 547 mln so‘m pul mablag‘larini nazorat kassa mashinasi orqali amalga oshirgan.

Batafsil: Uza.uz (https://uza.uz/oz/posts/raqamli-markirovka-iqtisodiyot-tayanchi-video_775095)
Youtube orqali ko'rish (https://www.youtube.com/watch?v=mK48o_l1iMk)

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

  Yo'ldosh aloqa operatorlari uchun 5 yilga soliq imtiyozlari joriy etilmoqdaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Re...
25/10/2025



Yo'ldosh aloqa operatorlari uchun 5 yilga soliq imtiyozlari joriy etilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo'ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
👉PQ-313-son 21.10.2025-yil.

2026-yil 1-yanvardan 5 yil muddatga o'rta va past orbitali yo'ldosh aloqa tarmoqlarini O'zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan loyihalar doirasida:

🔹yo'ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo'ldosh aloqa tizimi orqali ko'rsatilgan xizmatlar QQSdan ozod qilinadi;

🔹markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo'ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig'i va yer solig'idan ozod etiladi;

🔹yo'ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo'ldosh aloqa tizimi orqali ko'rsatgan xizmatlari uchun foyda solig'idan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi 2- (https://lex.uz/ru/docs/-4674902 #-5464767) va 75-moddalari (https://lex.uz/ru/docs/-4674902 #-4676934)
__________

 📍 Bog'ot tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtiro...
25/10/2025



📍 Bog'ot tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida profilaktik yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.

📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi va ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

23/10/2025



Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
▫️Call-markaz – 1253

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – ;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari" (https://soliq.uz/page/soliq-organlarining-ishonch-telefonlari);
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari; (https://www.gov.uz/oz/soliq/pages/contacts)
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti (https://my3.soliq.uz/);
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali (https://my3.soliq.uz/services/shared-services/no-corruption);
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected] aloqa kanallari orqali murojaat qilish yetkazildi.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

 📍 Navbatdagi  profilaktik yig‘ilish Shovot tumani soliq inspeksiyasida bo'lib o'tdi. Unda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi ha...
23/10/2025



📍 Navbatdagi profilaktik yig‘ilish Shovot tumani soliq inspeksiyasida bo'lib o'tdi. Unda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirok qildi.

Yig'ilishda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.

📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi va ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

23/10/2025



Har bir to‘langan soliq — xalq farovonligi va kelajagimiz uchun xizmat qiladi

Bugun to‘lagan solig‘imiz ertangi farzandlarimiz ta’limi, yo‘llarimiz, shifoxonalarimiz va obodonligimiz uchun sarflanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdan – Soliq (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile) mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

📌 Soliq majburiyatini o‘z vaqtida bajarish — qonuniylik va mas’uliyat belgisi.

 Xorazm viloyati soliq boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36-yi...
23/10/2025



Xorazm viloyati soliq boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36-yilligi munosabati bilan "O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Shahnoza Alimova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Begi Do'st hamda Jurnalistlar uyushmasi a'zosi Ikrom Xudayberganov ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeini oshirish, uning nufuzini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida so'z yuritishdi.

O'z navbatida tadbir qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar ham olishdi.

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

23/10/2025



Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?

Buni my3.soliq.uz (https://my3.soliq.uz/) saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Тelegram (http://t.me/soliqnews) |Facebook (https://www.fb.com/Soliqpressa/) |Youtube| (https://www.youtube.com/c/Davlatsoliqqomitasi) Instagram (https://www.instagram.com/soliqpressa/) |X| (https://twitter.com/soliqnews) Threads (https://www.threads.net/)

   Muddatida toʻlanmagan soliqlar uchun qanday javobgarliklar belgilangan?Soliqlar muddatida to‘lanmagan taqdirda, kechi...
23/10/2025



Muddatida toʻlanmagan soliqlar uchun qanday javobgarliklar belgilangan?

Soliqlar muddatida to‘lanmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-modda (https://lex.uz/ru/docs/-4674902 #-4677906)

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshsa, sud orqali mol-mulki hisobidan undiriladi.
👉Soliq kodeksi 125-modda (https://lex.uz/ru/docs/-4674902 #-4678440)

Telegram (https://t.me/Xorazm_viloyat_soliq) | Facebook (https://www.facebook.com/xzsoliqpressa) | Youtube (https://www.youtube.com/) | Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_soliq_xabarlari?igsh=MTJjZXRmaWcxeXdocA==) | X (https://x.com/Xorazm_soliq?s=09) | Threads (https://www.threads.net/)

Address

Xorazm Viloyati
Urgench

Telephone

+998957771125

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xorazm viloyati soliq boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share