Mirobod tuman Axborot-kutubxona markazi

Mirobod tuman Axborot-kutubxona markazi Mirobod tuman Axborot-kutubxona markazi barcha kitobxonlar uchun xizmat ko'rsatadi. Barcha yoshdagi kitobxonlar uchun kitob topishingiz mumkin.

19/05/2026
   📖 “Kitobxon onalar” kuni — bu nafaqat ona mehrini, balki ona ma’rifatini ham ulug‘laydigan ezgu kun. Kitob – farzand ...
19/05/2026



📖 “Kitobxon onalar” kuni — bu nafaqat ona mehrini, balki ona ma’rifatini ham ulug‘laydigan ezgu kun. Kitob – farzand tarbiyasida eng yaqin yo‘ldosh, onaning esa eng kuchli quroli bilimdir.

📚Mirobod tuman axborot-kutubxona markaziga 65-maktabning 6-"B"sinf oʻquvchisi Asqarova Hurliman onasi bilan tashrif buyurishib kutubxonaga aʼzo boʻlib, mutolaa uchun uyga kitoblar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

Gʻafur Gʻulom — oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, yozuvchi, tarjimon va jamoat arbobi hisoblanadi...
19/05/2026

Gʻafur Gʻulom — oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, yozuvchi, tarjimon va jamoat arbobi hisoblanadi. U 1903-yil 10-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligida otasidan erta ayrilganligi sababli hayoti ancha og‘ir kechgan. Shunga qaramay, ilm olishga intilib, oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan.
Unga “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

Mirobod tuman axborot-kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Gʻafur Gʻulom tavalludining 123 yilligiga bagʻishlab "Oʻzbek yozuvchisi va shoiri" mavzusida adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

19/05/2026




🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida.
Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

  "Muqaddas ayol"✍️Halima Xudoyberdiyeva — O‘zbekiston Xalq shoirasi, «Ilk muhabbat», "Chaman», «Suyunchi tog‘larim», «B...
19/05/2026



"Muqaddas ayol"

✍️Halima Xudoyberdiyeva — O‘zbekiston Xalq shoirasi, «Ilk muhabbat», "Chaman», «Suyunchi tog‘larim», «Bobo quyosh», «Issiq qor», «Sadoqat», «Muqaddas ayol» va «To‘marisning aytgani» kabi qator she’riy kitoblar muallifi.Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek she’riyatiga samimiy insoniy tuyg‘u va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o‘zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi.

📚 Mirobod tuman axborot-kutubxona markazida isteʼdodli shoira Xalimaxonim Xudoyberdiyeva tavallud topgan kunlari munosabati bilan "Muqaddas ayol" mavzusida hayot va ijodlariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida shoiraning hayoti va ijodiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi. Shoiraning hayoti va ijodi "Zukko kitobxon" klubi qizlarida katta qiziqish uygʻotdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

 "Oila muqaddas dargoh"Oila – Vatan ichra mo‘jaz Vatan. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xa...
19/05/2026



"Oila muqaddas dargoh"

Oila – Vatan ichra mo‘jaz Vatan. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan yuksak ma’naviy tuyg‘u, hayotiy tutumdir.

🏠 Oila bu muqaddasdir, oila bu jamiyat. Agar oilamiz tinch bo’lsa jamiyatimiz ham tinch bo’ladi. Oila bu xursandchilik va hotirjamlik maskanidir.
📚 Mirobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila muqaddas dargoh" nomli kitoblar koʼrgazmasi tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

 Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi,...
19/05/2026



Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 15- may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kunning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993- yil 20- sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 15- may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

   "Siyosiy-ma’rifat soati"🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot v...
19/05/2026



"Siyosiy-ma’rifat soati"

🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.

✔️ Joriy yilning 15-may kuni Mirobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"ni tingladilar.

🇸🇱 Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

   "Ertaklar olamiga sayohat"✨Sizni sehrli va mo‘jizalarga to‘la bir sayohat kutmoqda. Bu oddiy sayohat emas — bu ertakl...
19/05/2026



"Ertaklar olamiga sayohat"

✨Sizni sehrli va mo‘jizalarga to‘la bir sayohat kutmoqda. Bu oddiy sayohat emas — bu ertaklar olamiga sayohat!
Har bir sahifani ochganingizda, siz jasur qahramonlar, mehribon hayvonlar, dono mushuklar va sehrli ko‘zoynaklar bilan uchrashasiz. Bu ertaklarda do‘stlik, halollik, mehr va donolik kabi ezgu fazilatlar yoritilgan. Har bir voqea sizni nafaqat kuldiradi, balki o‘ylantiradi, o‘rgatadi va ilhomlantiradi.

📚 Mirobod tuman axborot-kutubxona markazida 65-maktabning 1 -"B" sinfi bilan "Ertaklar olamiga sayohat" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida bolalar oʻzlari bilgan ertaklari haqida gapirib berdilar va oʻzlari tomonidan tayyorlangan ertak kitoblarini taqdim etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

  O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning tanlangan asarlari alohida kitob holida chop etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar...
19/05/2026


O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning tanlangan asarlari alohida kitob holida chop etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati bu haqda xabar berdi. Kitobga Nosirjon Jo‘rayev mas’ul muharrir bo‘lgan. To‘plamga adibning ko‘p yillik ijodiy bisotidan tanlab, saralab olingan she’riy, nasriy yo‘nalishdagi asarlar kiritildi.
Asarning umumiy xususiyatlari: lirizm va falsafiy chuqurlik, insoniy qadriyatlarga urg'u, milliy an'analar va folklor motivlarining uyg'unligi,.

Ishonamizki, ular sizga maroqli mutolaa onlarini taqdim etib, ko‘ngil mulkingizdan joy oladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring
👇👇👇👇
Telegram (https://t.me/Mirobod_kutubxonasi) | Instagram (https://www.instagram.com/mirobodtumanakm?igsh=NmU5ZmN0Mmpjdm12) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1BWLwF9fPx/) | YouTube (https://youtube.com/?si=Zn_3dOtwr6L_aO7o) | Twitter (https://x.com/akmmirobod?s=09)

Address

Mexrjon/12
Uz

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Mirobod tuman Axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category