24/02/2025
Qudash mahallasida ham tibbiyot punkti ish boshladi
O‘zbekiston tumani “Qudash” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillarining murojaatlarini qanoatlantirish va hududda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida mahallada tibbiyot punkti o‘z faoliyatini boshladi.
73-sonli oilaviy poliklinika filiali sifatida ish boshlagan tibbiyot maskanida bugunning o‘zida tuman markazidan kelgan shifokor mutaxassislar tomonidan mahalla aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sodirjon Abdullayev jarayonlarda ishtirok etib, mahalla nuroniylari hamda soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalla ahli uchun shifokorlarning doimiy ko‘rigini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Endilikda “Qudash” mahalla tibbiyot punkti hududdagi 3 ming 300 nafarga yaqin aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bir k***a 50 nafargacha fuqaro qabuliga mo‘ljallangan punktda kasallik aniqlangan bemorlar dispanser nazoratiga olinib, tibbiy davolanishga yo‘llanadi.